Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Hududlar  
11.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Yo‘l qurilishi borasida qishloq joylarni qo‘ya turaylik, birgina Qarshi shahri ko‘chalarining ahvoli ham talab darajasida emas. Ayniqsa, suv quvurlari o‘tkazilgan joylar qazilgandan so‘ng shu holatda tashlab qo‘yilmoqda".

Sobir Tursunov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Adolat" partiyasi a'zosi

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Hududlarga nazar
Chegarani buzib o‘tgan askar Chop etish uchun E-mailga yuborish
09.02.2010 y.

 NewsUz.Com. 2010 yilning 6 fevralida Jizzax viloyati Yangiobod tumaniga yaqin hududda chegarani buzib o‘tgan Tojikiston askari qo‘lga olingan. Bu haqda Regnum axborot agentligi O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasiga tayanib xabar beradi. Agentlik xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan askar komandirlari buyrug‘i bilan O'zbekiston fuqarolariga tegishli chorva mollaridan o‘g‘irlash maqsadida chegaradan o‘tganini tan olgan.

davomi...
 
Latviya O’zbekiston fuqarosini qabul qilishga rozi Chop etish uchun E-mailga yuborish
03.02.2010 y.

 NewsUz.Com. Latviya hukumati Guantanamo qamoqhonasida saqlangan o‘zbek mahbusini qabul qilishga rozilik berdi. Bu haqda Latviya hukumatining 2 fevral kuni o‘tgan yopiq majlisida qaror qabul qilingan. Delfi agentligi xabariga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan mahbus Afg‘onistonda Amerika harbiylari tomonidan qo‘lga olingan va Guantanamo qamoqxonasida besh yil saqlangan. Uning terrorchilikka aloqador ekani bo‘yicha ayblar tasdiqlanmagan.

davomi...
 
Zo‘ravonlar ishi sudga oshirildi Chop etish uchun E-mailga yuborish
29.01.2010 y.

 NewsUz.Com.  Rossiyaning Kaluga viloyatida O'zbekiston fuqarolariga zo‘ravonlik qilgan ikki nafar militsiya xodimi ustidan tekshiruv yakunlandi va ish sudga yuborildi. 12.uz cayti xabariga ko‘ra, militsiya xodimlarining xatti-harakati inson qadr-qimmatini toptash va mansab vakolatini suiiste'mol qilish deb malakalangan. Ushbu jinoyat uchun Rossiya jinoyat qonunchiligiga ko‘ra 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

davomi...
 
Bojxonani buzishga 40 ming urinish Chop etish uchun E-mailga yuborish
26.01.2010 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekiston bojxona xizmati tomonidan 2009 yil davomida 40 ming qonunbuzarlik holati aniqlangan va 938ta jinoiy ish ochilgan. Bu haqda Bojxona xizmatining yillik hisobotida ma'lum qilinadi. Yil davomida bojxona postlarida 297545 dona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgan. Bundan 96317 eksport, 225644 import, 2145 tranzit yuklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

davomi...
 
Gaz bahosi 231 dollar Chop etish uchun E-mailga yuborish
25.01.2010 y.

 NewsUz.Com. 2010 yilda O‘zbekiston Tojikistonga 250 mln. kubometr tabiiy gaz sotadi. Kelishuvga ko‘ra, ming kubometr gaz bahosi 231 AQSh dollari etib belgilangan. CA-news agentligiga ko‘ra, bu haqda Tojikiston energetika va sanoat vaziri Gul Sherali ma'lum qilgan. Unga ko‘ra, ayni paytda Tojikiston 17-18 ming kubometr gaz qabul qilib olmoqda.

davomi...
 
Qamchiq dovoni yo‘li vaqtincha yopilgan Chop etish uchun E-mailga yuborish
19.01.2010 y.

 NewsUz.Com. Toshkent-O‘sh xalqaro magistralining Qamchiq dovoni orqali o‘tgan qismida 16 yanvardan boshlab harakat vaqtincha to‘xtatilgan. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur hududda qor ko‘chishi xavfi mavjud bo‘lgani sababli ana shunday qaror qabul qilingan. Qamchiq dovoni orqali o‘tgan mazkur yo‘l Farg‘ona vodiysini Toshkent va boshqa viloyatlar bilan bog‘laydi. 

davomi...
 
«Mobil layf» – harakatlanuvchi uy Chop etish uchun E-mailga yuborish
18.01.2010 y.

 NewsUz.Com. Samarqanddagi «Sino» firmasi mutaxassislari tomonidan siljiydigan uy namunasi yaratildi, deb xabar beradi 12.uz sayti. Mazkur uy yashash uchun barcha qulayliklarga ega, shu bilan birga unda ishlash uchun ofis ham mavjud. «Mobil layf» (Harakatdagi hayot) deb atalgan uyni avtopritsep yordamida istagan joyga olib yurish mumkin. U ish faoliyati bir yerdan ikkinchi joyga ko‘chib yurish bilan bog‘liq kasb egalariga mo‘ljallangan.

davomi...
 
Tadbirkorlar huquqi buzilgan holatlar Chop etish uchun E-mailga yuborish
14.01.2010 y.

 NewsUz.Com. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri, viloyat, tuman va shahar hokimliklari tomonidan qabul qilingan 498ta hujjatda tadbirkorlar huquqi buzilgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurash, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi respublika bo‘yicha o‘tkazgan tekshiruvlarga tayanib xabar beradi. Davlat qo‘mitasi mahalliy hokimiyatlarning 151 mingga yaqin qaror va buyruqlarni o‘rganib chiqqan.

davomi...
 
Tojikiston orqali yuk tashish man etiladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
05.01.2010 y.

 NewsUz.Com. 2010 yilning 1 yanvaridan Farg‘ona vodiysiga Tojikiston orqali boruvchi poezdlarda tijorat yukini olib o‘tish man etiladi. Uzmetronomga ko‘ra, 2009 yilning 28 dekabrida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bu to‘g‘ridagi qarorga imzo chekkan. Mazkur qarorni matbuot orqali chop etish ko‘zda tutilmagan. Tojikistonni orqali faqat strategik yuklar, jumladan, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodidan yuboriluvchi yonilg‘i-moy, benzin va dizel tashishga ruxsat beriladi.

 

davomi...
 
O‘zbek gazi Yevropa bahosida sotiladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
29.12.2009 y.

 NewsUz.Com. «Gazprom eksport» va «O‘ztransgaz» kompaniyasi 2010 yilda o‘zbek gazi oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Yangi yilda rus kompaniyasi 4,25 mlrd. kubometrgacha gaz sotib oladi. 28 dekabrda kompaniya boshqaruvi raisining o‘rinbosari Aleksandr Medvedev O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan kelgan va O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Ergash Shoismatov hamda «O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi rahbari Ulug‘bek Nazarov bilan uchrashgan.

 

davomi...
 
Voyaga yetmagan qizni nikohiga olgani uchun Chop etish uchun E-mailga yuborish
25.12.2009 y.

 NewsUz.Com. Farg‘ona viloyatida balog‘atga yetmagan qizni nikohiga olgan yigitlarni javobgarlikka tortish holatlari qayd etilmoqda. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tarqatgan xabarga ko‘ra, 23 yoshli D.Zokirov 14,5 yoshli B.Qo‘zievani, 21 yoshli A.Abdurazzoqov 15 yoshli Sh.Mo‘minovani nikohiga olgani - uylangani uchun javobgarlikka tortilgan. Har ikki fuqaro mamlakat Jinoyat kodeksining 128-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.

davomi...
 
<<  1 2 3 4 5 6 7 8 9 10  >  >>

Natijalar 1 - 15 176
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

Keyingi o‘n yillikda odam savdosi Janubi-sharqiy Osiyodan sobiq Ittifoq mamlakatlariga ko‘chdi. Birgina 2000 yilning o‘zida MDH davlatlaridan Yevropa mamlakatlariga bir yuz yigirma ming ayol sotilgan.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar