|
03.03.2010 y. |
NewsUz.Com. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan hukumat tarkibida bo‘shab qolgan bir qator vazirlik va qo‘mitalar rahbarlari tayinlandi. Rasmiy agentlik tarqatgan xabarga ko‘ra, 2 mart kuni Avaz Marahimov Xalq ta'limi vaziri etib tayinlangan. Bunga qadar u Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2008 yilning aprelidan Xalq ta'limi vaziri lavozimida ishlab kelgan G'ayrat Shoumarov o‘tgan haftada ishdan bo‘shatilgandi. |
|
davomi...
|
|
|
23.02.2010 y. |
NewsUz.Com. "AQSh 2005 yili diplomatik mojaro sababli yopilgan O'zbekistondagi harbiy bazani qayta ochish niyatida emas", dedi Amerikaning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbruk Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan safari yakunida. Reuters axborot agentligi xabariga ko‘ra, amerikalik diplomat O'zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yuklarni olib o‘tishga yo‘l ochib berganini ta'kidlagan. |
|
davomi...
|
|
|
17.02.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistonda spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini yoshlar orasida sotish va tarqatish qonun darajasida cheklanishi mumkin. Regnum axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, hukumatning tegishli idoralarida bu to‘g‘rida qonun hujjati tayyorlanmoqda. Mazkur qonun loyihasi bilan tamaki va spirtli ichimliklarni sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ta'lim muassasalari binosida sotish taqiqlanadi. |
|
davomi...
|
|
|
11.02.2010 y. |
|
NewsUz.Com. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudi taniqli fotograf Umida Ahmedovani tuhmat va haqorat bilan bog‘liq jinoyatarda aybdor deb topdi, ammo jazodan ozod qildi. BBC tarqatgan xabarga ko‘ra, U. Ahmedovaning uch farzandning onasi ekanligi, o‘z sohasida qilgan ishini inobatga olib, u avf etilgan. Uning o‘zi sudning "aybdor" deb topgan qarori yuzasidan shikoyat yozishini aytgan. |
|
davomi...
|
|
|
03.02.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev Tojikiston bosh vaziri Oqil Oqilovga Rog‘un GES loyihasi bo‘yicha maktub yo‘lladi. Mazkur maktub Vazirlar Mahkamasining nashri - "Pravda Vostoka" gazetasida chop etilgan. Maktubda Rog‘un GESi loyihasi Markaziy Osiyoda joylashgan barcha davlatlar manfaatiga bevosita daxldor masalada ekani ta'kidlanadi. Maktubda aytilishicha, O'zbekiston hukumati avval ham Tojikiston, Rossiya davlatlari va xalqaro tashkilotlarga GES qurilishi yuzasidan mustaqil ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qilgan. |
|
davomi...
|
|
|
|
<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >>
|
| Natijalar 1 - 9 157 |