Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Turfa hodisalar  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Gap ayblov va himoyaning tengligini ta'minlash xususida ketarkan, eng avvalo, amaldagi qonunlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, sud majlislariga maslahatchilarni kengroq jalb etish, joylardagi sayyor sud majlislarini kuchaytirish lozim".

Faxriddin Komilov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

 

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Turfa hodisalar
Toshkentda sog‘liqni saqlash bo‘yicha seminar Chop etish uchun E-mailga yuborish
01.03.2010 y.
 NewsUz.Com. 1 mart kuni Toshkentda O'zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Germaniya va AQSh sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminar boshlandi. To‘rt kun davom etadigan seminarda ishtirokchi davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolari xususida fikr almashiladi, deb xabar beradi Amerika elchixonasi matbuot xizmati.
davomi...
 
Qizamiqqa qarshi emlash Chop etish uchun E-mailga yuborish
23.02.2010 y.
 NewsUz.Com. O'zbekistondagi barcha davolash-profilaktika muassasalari shay holatga keltirildi. Respublikaning 8,2 million aholisi qizamiq va qizilchaga qarshi emlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi sanatariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi xabar beradi. Shu maqsadda 5664 tibbiy brigadalar tuzilgan, 8,7 mln dona vaktsina va bir martalik shpritslar sotib olingan.
davomi...
 
O’zbekistondagi eng obro‘li kasblar Chop etish uchun E-mailga yuborish
15.02.2010 y.

 NewsUz.Com. Shifokorlar, iqtisodchilar, o‘qituvchilar va huquqshunoslik kasbi egalari O'zbekistondagi eng obro‘li kasblar sanaladi. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘tkazgan so‘rovda mazkur holat qayd etilgan. Markaz tarqatgan xabarga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etganlarning 67%i shifokorlar, 49,6%i pedagoglar, 35,2%i iqtisodchilar, 26%i huquqshunoslarni eng yaxshi kasb egalari deb baholagan.

davomi...
 
"Bahoiychi" mamlakatdan chiqarib yuborildi Chop etish uchun E-mailga yuborish
09.02.2010 y.

 NewsUz.Com. "O'zbekiston bahoiylari" diniy guruhi rahbari Sepexer Toxiriy missionerlik faoliyati bilan shug‘ullangani uchun mamlakatdan chiqarib yuborildi. Mahalliy matbuot xabariga ko‘ra, asli eronlik bo‘lgan Tohiriy Buyuk Britaniya fuqaroligini olgan, 1990 yildan buyon O'zbekistonda faoliyat yuritgan. Bu yerda qonuniy yashab turish uchun O'zbekiston fuqarosiga uylangan.

davomi...
 
«Solvay Pharma» g‘irrom raqobatda ayblandi Chop etish uchun E-mailga yuborish
05.02.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston Monopoliyaga qarshi kurash, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi «Solvay Pharma» farmatsevtika kompaniyasiga nisbatan ish ochgan. Dori-darmon kompaniyasi reklama va monopoliya qonunchiligini buzishda ayblangan. Qo‘mita tarqatgan xabarga ko‘ra,  «Solvay Pharma»  o‘zi ishlab chiqargan grippga qarshi «Inflyuvak» vaktsinasi haqidagi ma'lumotda uni boshqa kompaniyalar ishlab chiqargan davo vositalaridan mutlaqo afzal deya xulosa bergan.  

davomi...
 
Suv va isitish tizimi tarifi oshiriladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
26.01.2010 y.

 NewsUz.Com. 1 fevraldan Toshkent shahar aholisi uchun markaziy isitish tizimi, issiq va sovuq suv uchun to‘lovlar 20 foizga oshiriladi. Gazeta.uzning «Toshissiqenergo» va «Suvsoz» tashkilotlariga tayanib xabar berishicha, narx oshishi energetika va boshqa resurslar bahosining ko‘tarilib ketgani bilan bog‘liq. Oylik isitish to‘lovi bir kvadrat metrga 300,2 so‘mdan 365,8 so‘mga ko‘tariladi.

davomi...
 
Toshkentda zilzila yuz berdi Chop etish uchun E-mailga yuborish
24.01.2010 y.

 NewsUz.Com. 24 yanvar soat 0:20da Toshkentda zilzila ro‘y berdi. Toshkent seysmologiya markazi tarqatgan xabarga ko‘ra, yer silkinishi 12 ballik shkala bo‘yicha 3-3,5 ballni tashkil etgan. Zilzila markazi Toshkentning o‘zida bo‘lgan. Yer silkinishi natijasida shahardagi avtomobillar signalizatsiyalari ishlab ketgan, aholi orasida qurbonlar bo‘lmagan. Farg‘ona vodiysi va Toshkent seymologik jihatdan o‘rta darajadagi xavfli hududlar sirasiga kiradi.

davomi...
 
O’zgidromet rahbari xalqaro tashkilot prezidentligiga nomzod Chop etish uchun E-mailga yuborish
19.01.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston hukumati Respublika ob-havo markazi (O'zgidromet) rahbari, geografiya fanlari doktori, professor Viktor Chubni Jahon meteorologiya tashkiloti prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surdi. O'zgidromet matbuot markazi tarqatgan xabarga ko‘ra, Jahon meteorologiya tashkiloti 2011 yil mayda Jenevada o‘tkazadigan XVI Kongressida tashkilot rahbarini saylash ko‘zda tutilgan.

davomi...
 
Pirotexnika uchun litsenziya joriy qilinadi Chop etish uchun E-mailga yuborish
18.01.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekistonda pirotexnika vositalari savdosi bilan shug‘ullanish uchun litsenziya tartibi joriy etiladi. Vazirlar Mahkamasining 331-qarori bilan tasdiqlangan hukumatning 2010 yildagi qonunchilik rejasiga ko‘ra, bu to‘g‘ridagi qonun loyihasi fevral oyidagi Qonunchilik palatasiga taqdim qilinadi. Shuningdek, mamlakat hukumati rejasiga ko‘ra, pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi javobgarlikni qat'iylashtiruvchi qonun loyihasi tayyorlanadi.

davomi...
 
Toshkentda yana bir elchixona ochiladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
15.01.2010 y.

 NewsUz.Com. Ummon sultonligi O'zbekiston poytaxti Toshkentda o‘z diplomatik vakolatxonasi ochadi. UzDaily.uz xabariga ko‘ra, Ummon sultoni Qobun bin Said bu to‘g‘rida farmon imzolagan. Toshkentda arab davlatining elchixonasini ochish masalasi 2009 yilning oktyabrida O'zbekiston rahbari mazkur davlatga rasmiy tashrif bilan borgan ko‘tarilgandi. Ummon Fors ko‘rfazida joylashgan davlat.

davomi...
 
Patronlar kimga tegishli? Chop etish uchun E-mailga yuborish
11.01.2010 y.

 NewsUz.Com. 7 yanvar kuni Toshkent aeroportida bojxona tekshiruvi chog‘ida Isroil fuqarosi Tamara Yakudaevaning yuki orasidan 12 dona 5.56 mm kalibrli patron va M-16 avtomatik vintovkasining bir dona magazini topilgan. 1988 yilda tug‘ilgan T.Yagudaeva charter reysda Tel-Aviv-Toshkent-Bangkok yo‘nalishida uchib kelayotgandi. Gumondor sifatida hibsga olingan T.Yagudaeva avval O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, Samarqandda yashagan.

davomi...
 
<<  1 2 3 4 5 6 7 8 9 10  >  >>

Natijalar 1 - 15 195
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

Janubiy Koreya O‘zbekiston  uchun muhim iqtisodiy hamkor. Buni mamlakatlar o‘rtasidagi delegatsiya almashuvi ko‘pligidan ham bilsa bo‘ladi. Birgina 2008 yili Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga 80 ta delegatsiya kelgan.

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar