|
08.02.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Media markazi Germaniyaning BFE Studio und Medien Systeme kompaniyasi ishlab chiqargan multimedia uskunalari bilan jihozlanadi. Mashhur Siemens AGning sho‘‘ba korxonasi sanalgan BFE Studio und Medien Systeme tenderda g‘olib chiqqan. Nemis kompaniyasidan sotib olinadigan uskunalar qimmati 12,4 mln yevroni tashkil etadi. |
|
davomi...
|
|
|
05.02.2010 y. |
|
NewsUz.Com. AQShning Toshkentdagi elchixonasi O'zbekistonda faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat telestudiyalar uchun Hamkorlikdagi televizion dastur loyihasini e'lon qiladi. Mazkur dastur doirasida Toshkent shahri va viloyatlardagi telestudiyalar o‘z rejissyor va videooperatorlarini AQShga ikki haftagacha safar yuborishi mumkin. Ushbu muddat davomida ijodiy guruh muayyan mavzuda videofilmlar va yangilik dasturlari tayyorlaydi. |
|
davomi...
|
|
|
24.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 21 yanvar kuni taniqli futbol sharhlovchisi va diniy-ma'rifiy radiodasturlari bilan tilga tushgan jurnalist Xayrulla Hamidov hibsga olindi. BBC xabariga ko‘ra, X.Hamidov O'zbekiston Jinoyat kodeksining 216-moddasi bilan (noqonuniy diniy tashkilot tuzish va unda ishtirok etish) ayblanmoqda. Toshkent viloyati IIBsida saqlanayotgan X.Hamidov va ushbu ishga aloqador uch kishini tergov davrida ehtiyot chorasi sifatida ushlab turish uchun viloyat sudi sanktsiya bergan. |
|
davomi...
|
|
|
07.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekistondagi "Hurriyat" mustaqil gazetasining bosh muharriri Abdurasul Jumaqulov va uning o‘rinbosari Hosil Karimov 2009 yil 5 yanvar kuni lavozimidan bo‘shatildi. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi muassisligida chop etilidigan gazeta mamlakatdagi erkin nashr sifatida baholanadi. Ayni paytda Jurnalistlar uyushmasi raisining o‘rinbosari Zafar Saidov gazeta bosh muharriri vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. |
|
davomi...
|
|
|
10.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi 8 dekabr kuni qamoqqa olingan ommaviy axborot vositalari xodimlari xususida ma'lumot tarqatdi. Qo‘mita ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 136 nafar muxbir, muharrir va fotojurnalist qamoqda. Bu o‘tgan yildan ko‘ra 11taga ko‘pdir. Qo‘mita ma'lumotida O‘zbekistonda ayni paytda yetti nafar jurnalist qamoqda ekanini aytiladi va ulardan Dilmurod Sayyid nomi qayd etiladi. |
|
davomi...
|
|
|
26.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Ro‘yxatdan o‘tmagan «Minbar-Tribuna» gazetasi muassisi – yozuvchi va advokat Isfandiyor Matkarimov Toshkent shahri Mirobod tumani fuqarolik ishlari sudiga O’zbekiston Matbuot va axborot agentligi ustidan shikoyat bilan murojaat qildi. Voice of Freedom nashriga ko‘ra, arizachilar Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Bobur Alimov hamda agentlikning Toshkent shahri bo‘yicha rahbari Akmal Akramovdan 10 mln. so‘mlik moddiy va 50 mln. so‘mlik ma’naviy zararni undirishni so‘ragan. |
|
davomi...
|
|
|
22.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining birinchi kanali direktori, xalq shoiri Xurshid Davron efirga berilgan telesyujet sababli ishdan olindi. Voice of Freedom xabariga ko‘ra, telekanalning axborot dasturi orqali namoyish etilgan reportajlardan biri davlat rahbariga ma'qul kelmagan. Ma'lum bo‘lishicha, televideniening mafkuraviy ishlar bo‘yicha rais o‘rinbosari Muhammadjon Quronov ham ishdan ketish to‘g‘risida ariza bergan. |
|
davomi...
|
|
|
16.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O`zbekiston ziyolilarining nufuzli nashri - "Tafakkur" jurnali xodimlari joriy yil sentyabr maoshini hali olganlaricha yo`q. Jurnal bosh muharriri o`rinbosari Faxriddin Nizomovga ko`ra, "Ipotekabank"ning Mehnat filiali oylikni 17 oktyabrgacha olib bo`lmasligini bildirgan. Bank vakillari jurnal xodimlariga naqd pul asosan paxta terimida ishlayotganlarga berilayotgani, pul emissiyasini qisqartirish bo`yicha maxfiy ko`rsatma borligini ma`lum qilgan. |
|
davomi...
|
|
|
05.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 12,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan jurnalist Dilmurod Sayyid bir necha kun oldin Navoiy viloyatida joylashgan qattiq tartibdagi jazoni ijro etish muassasasiga yuborilgan. Uning jamoat himoyachisi Abdurahmon Tashanov Navoiy koloniyasi og‘ir sharoitda bo‘lib, bu uning salomatligiga yanada kuchli ta'sir ko‘rsatadi. Himoya tomoni Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish boshqarmasidan uni nisbatan yengil sharoitdagi koloniyaga o‘tkazishni so‘ragan. |
|
davomi...
|
|
|
12.09.2009 y. |
NewsUz.Com. 11 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi apellyatsiya hay'ati huquq faoli va jurnalist Dilmurod Sayyidga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘zgarishsiz qoldirilgani haqida Ajrim chiqardi. Avvalroq - 30 iyul kuni Toyloq tumani sudi jurnalistni tovlamachilikda aybdor deb topib, 12,5 yil ozodlikdan mahrum etishga hukm qilgandi. Xabarlarga ko‘ra, apellyatsiya hay'ati himoya tomoni bergan barcha iltimosnomalarni rad etgan. |
|
davomi...
|
|
|
06.09.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 8 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudida 12,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan jurnalist va huquq himoyachi Dilmurod Sayyidning ishi appelyatsiya tartibida ko‘rib chiqiladi. Shu munosabat bilan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Samarqand viloyat sudiga murojaat qilib, jurnalistga nisbatan chiqarilgan hukmini bekor qilishga chaqirgan. Bu qo‘mitaning jurnalistni ozod qilish borasidagi ikkinchi talabi. |
|
davomi...
|
|
|
|
<< < 1 2 3 > >>
|
| Natijalar 1 - 15 33 |