|
01.03.2010 y. |
NewsUz.Com. O'zbekiston Prezidentining farmoni bilan ta'limga mas'ul ikki mansabdor - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Azimjon Parpiev hamda Xalq ta'limi vaziri G'ayrat Shoumarov lavozimdan bo‘shatildi bu haqda gazeta.uz nashri gov.uz hukumat portaliga tayanib xabar beradi.Azimjon Parpiev 2008 yilning yanvaridan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, G'ayrat Shoumarov esa 2008 yilning aprelidan Xalq ta'limi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. |
|
davomi...
|
|
|
24.02.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Ukrainaning yangi saylangan prezidenti Viktor Yanukovichning inauguratsiya marosimida ishtirok etadi. Ukrainaning Toshkentdagi elchixonasi tarqatgan xabarga ko‘ra, V.Norov 23 fevral kuni Ukraina poytaxti Kievga yetib borgan. V.Yanukovichning rasmiy prezident sifatida e'lon qilish marosimi 25 fevral kuni o‘tadi. Unda 100ga yaqin xorijiy davlat delegatsiyasi ishtirok etishi kutilmoqda. |
|
davomi...
|
|
|
19.02.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 19 fevral kuni AQShning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbrukni qabul qildi. Gazeta.uz caytining Amerika elchixonasiga tayanib xabar berishicha, uchrashuvda ikki davlatni qiziqtirgan masalalar, jumladan, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish muhokama qilingan. R.Xolbruk 17 fevraldan buyon Markaziy Osiyo bo‘ylab safarda yuribdi. |
|
davomi...
|
|
|
18.02.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 17 fevral kuni Qozog‘istoning Almati shahrida O'zbekiston va Qozog‘iston hukumatlararo komissiyasi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida bir qator masalalar jumladan Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning O'zbekistonga tashrifi masalasi muhokama qilingan. Muzokaralarni O'zbekiston nomidan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov, Qozog‘iston tomonidan esa bosh vazir o‘rinbosari Umirzoq Shukeev olib borgan. |
|
davomi...
|
|
|
12.02.2010 y. |
NewsUz.Com. 11 fevral kuni O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Seulda Janubiy Koreya Prezidenti Li Myon Bak bilan uchrashdi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, prezidentlar madaniyat, sport va turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olganlar. Li Myon Bak muzokaralar davomida Janubiy Koreya O'zbekistonga sog‘liqni saqlash, ta'lim, sanoat sohalarida yordamni ko‘paytirishini ma'lum qilgan. Koreya matbuoti xabariga ko‘ra... |
|
davomi...
|
|
|
08.02.2010 y. |
|
NewsUz.Com. Tojikiston hukumati Rog‘un GESi masalasini O'zbekiston bilan muhokama qilish uchun Dushanbeda o‘zbek delegatsiyasini qabul qilishga tayyor. Bu haqda Tojikiston bosh vaziri Oqil Oqilovning O'zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoevga yozgan javob xatida ma'lum qilingan. «Xovar» rasmiy agentligi tarqatgan javob xatida O.Oqilov Tojikistonning Rog‘un borasidagi pozitsiyasini o‘zgarmasligini bildirgan. |
|
davomi...
|
|
|
02.02.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari Baxtiyor G'ulomov 2010 yil 28 yanvar kuni Yevrokomissiya prezidenti Joze Manuel Barrozuga ishonch yorlig‘i topshirdi. Regnum agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida siyosiy va iqtisodiy muloqotni kuchaytirish, jumladan, YIning Markaziy Osiyo strategiyasi bo‘yicha amalga oshirilmagan imkoniyatlardan foydalanish muhokama qilingan. |
|
davomi...
|
|
|
30.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. O'zbekistonda yangi hukumat tarkibi shakllanib bo‘ldi, deb xabar beradi www.gov.uz davlat hokimiyati portali. Bunga ko‘ra, bosh vazir Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi hukumat deyarli avvalgi tarkibda ishlashni davom ettiradi. Faqatgina uch nafar qo‘mita a'zosi hukumat tarkibidan chiqariladi. 2006 yilning iyunidan buyon Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi raisi vazifasini bajarib kelgan Boymurod Ulashov lavozimidan ozod etiladi. |
|
davomi...
|
|
|
29.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton 2010 yilning iyuniga qadar O'zbekistonga keladi. Davlat kotibining tashrifi borasida 2009 yilning dekabrida Vashingtonda o‘tgan O'zbekiston-Amerika siyosiy muloqoti yakunlarida kelishilgan. Qator axborot agentliklari tarqatgan xabarga ko‘ra, Prezident Islom Karimov 11 yanvar kuni O'zbekiston va AQSh o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2010 yilga mo‘ljallangan harakat rejasini tasdiqlagan. |
|
davomi...
|
|
|
28.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 28 yanvar kuni Toshkentda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi o‘tdi. Rasmiy agentlik tarqatgan xabarga ko‘ra, Qonunchilik palatasi Spikeri Dilorom Toshmuhamedova yangi parlament saylanishi munosabati bilan mamlakat hukumati iste'foga chiqqanini ma'lum qilgan. Shundan keyin mamlakat Prezidentining bosh vazirlikka Shavkat Mirziyoev nomzodini ko‘rsatgan. |
|
davomi...
|
|
|
27.01.2010 y. |
|
NewsUz.Com. 26 yanvar kuni Oliy Majlis Senatining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi tarqatgan xabarga ko‘ra, 2006 yildan buyon Senat raisi bo‘lib ishlab kelgan Ilgizar Sobirov ushbu lavozimga navbatdagi muddatga saylangan. 51 yoshli I.Sobirov Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tugatgan, sud va adliya idoralarida ishlagan, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hokimi bo‘lgan. |
|
davomi...
|
|
|
|
<< < 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >>
|
| Natijalar 1 - 15 228 |