Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Iqtisodiyot  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Keyingi yillarda yoshlar ruhiyatida shunday bir illat paydo bo‘ldiki, bunga ota-onalar ham, jamiyat ham loqayd qaramoqda. Bu - sakrash falsafasidir. Ba'zi ota-onalar farzandlarini bir necha sinf osha "sakratib", maktabni muddatidan uch-to‘rt yil oldin bitirtirmoqchi bo‘ladi. Biroq hayotda "bir tomondan yutsa, boshqa tomondan yutqazish qonuniyati" ham bor. Bolaning ongida sakrab o‘tilgan sinflarni o‘zlashtirish zarur bo‘lgan bilim zaxirasi o‘rnida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Aslida chalamullalik sababi ham shunda".

Nusratulla Jumaxo‘jayev, filologiya fanlari doktori, professor

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Iqtisodiy yangiliklar
Bozor uchun kurash Chop etish uchun E-mailga yuborish
03.03.2010 y.
 NewsUz.Com. 2010 yilda GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi Rossiya va MDH bozorlarida 65 ming dona avtomobil sotishni rejalashtirgan. Xususan, "Matiz" avtomobili yoshlar uchun ommabop mashina sifatida taqdim etilishi rejalashtirilgan. Vesti.uz xabariga ko‘ra, Rossiya avtobozorida raqobat kuchaygan. Masalan, Renault kompaniyasi 1 martdan Moskvadagi zavodida "Renault Sandero" mashinasini ishlab chiqara boshlagan.
davomi...
 
Senatorlar: akademikdan prokurorga qadar Chop etish uchun E-mailga yuborish
25.01.2010 y.

 NewsUz.Com. Markaziy saylov komisssiyasi Oliy Majlis Senatining 100 nafar a'zosi ro‘yxatga olinganini ma'lum qildi.  20-22 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, 84ta senator saylangan. Mamlakat Prezidenti Islom Karimovning 22 yanvardagi farmoni bilan esa Senatning qolgan 16 nafar a'zosi tayinlangan. Qonunchilikka ko‘ra, viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan oltidan senator saylanadi, Prezident esa o‘n olti nafar senatorni tayinlaydi.

davomi...
 
Jinoiy daromadlarga qarshi kurash kuchaytiriladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
22.01.2010 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekiston Markaziy banki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmga qarshi kurash to‘g‘ridagi qonunchilikni buzgan banklar uchun jazo choralarini tasdiqladi. Gazeta.uz xabariga ko‘ra, Markaziy bank bunday holat aniqlangan taqdirda ogohlantirish xati beradi yoki bank ustav kapitalining 1 foizi miqdorida jarima oladi. Qonunchilik bo‘yicha bank ustav kapitalining eng kam miqdori 5 mln. yevro.

davomi...
 
Toshkent OTB yig‘iniga mezbonlik qiladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
12.01.2010 y.

 NewsUz.Com. Osiyo taraqqiyot bankining 43-yillik majlisi joriy yilning 1-4 may kunlari O‘zbekiston poytaxti Toshkentda o‘tadi. Mazkur tadbirda xorijiy davlatlar hukumat rahbarlari, moliya vazirlari, markaziy banklar boshqaruvchilari, ilmiy doira va fuqarolik jamiyati vakillari - jami 3000ga yaqin mehmon ishtirok etadi. Gazeta.uz xabariga ko‘ra, bu OTBning Markaziy Osiyo davlatlarida o‘tkazgan ilk majlisi bo‘ladi. 

davomi...
 
Eng xaridorgir mashinalar narxi oshishi mumkin Chop etish uchun E-mailga yuborish
06.01.2010 y.

 NewsUz.Com. GM-Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomashinalar bahosi 15 yanvardan yoki 1 fevraldan 12 foizga ko‘tarilishi mumkin. Uzmetronom xabariga ko‘ra, ayni paytda «O‘zavtosanoat» kompaniyasi ichki bozorda eng xaridorgir sanalgan avtomashinalarni oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Taxminlarga ko‘ra, eng bozorgir bo‘lib turgan «Matiz», «Nexia» va «Damas» markali mashinalar narxi ko‘tariladi.

davomi...
 
“Vimm-Bil-Dann” o‘zbek bozoridan chiqib ketishi mumkin Chop etish uchun E-mailga yuborish
28.12.2009 y.

 NewsUz.Com. O'zbekistonda yangi yil oldi tekshiruvlari doirasida Rossiyaning "Vimm-Bil-Dann" kompaniyasi faoliyati to‘xtatildi. Uzmetronom nashri mazkur xatti-harakat davlat budjetiga pul tushirish maqsadida qilingan degan taxminni ilgari surgan. Sut mahsulotlari, sharbat va mineral suv ishlash chiqaruvchi kompaniyaning «J7», «100 % Gold Premium», «Lyubimiy sad», «Domik v derevne» kabi mahsulotlari O'zbekiston bozorida tarqalgan.

davomi...
 
Kartochka qabul qilmaganga jarima? Chop etish uchun E-mailga yuborish
21.12.2009 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekistonda plastik kartochka orqali to‘lov qabul qilishni rad etganlik uchun birinchi marta 2,5 ming dollar, takroriy holatda 5 ming dollargacha jarima solinishi mumkin. Oliy Majlisi Senatining dekabr boshida o‘tgan yalpi majlisida Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishni mana shuni nazarda tutadi. 12.uz sayti xabariga ko‘ra, terminallarning me'yorida ishlamasligi uchun ham javobgarlik belgilangan. Soliq kodeksi 119-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra...

davomi...
 
Moskva o‘zbek gazi tashvishida Chop etish uchun E-mailga yuborish
14.12.2009 y.

 NewsUz.Com. «O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi va Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi o‘rtasida 2010 yilda o‘zbek gazini eksport qilish to‘g‘risida hujjat imzolandi. Gazeta.uz xabariga ko‘ra, ikki kompaniya o‘zbek gazini tranzit qilish va sotishning asosiy shartlarini kelishib olgan. «Gazprom» so‘nggi yillarda O‘zbekiston tabiiy gazni imtiyozli bahoda xarid qilgan, 2009 yilning 1 yanvaridan esa O‘zbekiston taklifiga ko‘ra Yevropa bozori narxida sotib olmoqda.

davomi...
 
“Qirg‘izgaz” va oshib borayotgan qarz Chop etish uchun E-mailga yuborish
02.12.2009 y.

 NewsUz.Com. «Qirg‘izgaz» kompaniyasi O‘zbekistonga tabiiy gaz uchun qarzining 2,8 mln. dollarini to‘lash niyatini bildirgan. «24.kg» agentligiga ko‘ra, ushbu qarz to‘langanidan keyin Qirg‘izistonning O‘zbekiston oldidagi moliyaviy majburiyati 2 mln. dollarni tashkil etadi. Kompaniya qarzning kelgusi to‘lovi mijozlardan gaz to‘lovi o‘z vaqtida tushishiga bog‘liq ekanini ma'lum qilgan. Avvalroq O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan 2010 yil uchun gaz sotib olish borasidagi muzokaralarni rad etgan edi.

davomi...
 
Mablag‘ – Osiyo bankidan, ijro – O‘zbekistondan Chop etish uchun E-mailga yuborish
30.11.2009 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekiston Afg‘onistonda - Hayraton va Mozori sharif o‘rtasida temir yo‘l qurishga kirishmoqda. Mamlakat rahbari 20 noyabr kuni shu to‘g‘rida qaror imzolagan. Afg‘oniston temir yo‘l infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilgan mazkur loyiha Osiyo taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtiriladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aktsiyadorlik kompaniyasi esa loyiha ijrochisi sifatida qurilishni amalga oshiradi.Loyiha uchun 129 mln. dollar sarflanishi kutilmoqda.

davomi...
 
Monopoliya qo‘mitasi «Beeline»ni «UCell»dan himoya qildi Chop etish uchun E-mailga yuborish
24.11.2009 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi mamlakatdagi veb-saytlardan biriga joylashtirilgan reklama videorolikni oldirib tashladi. Qo‘mitaga ko‘ra, «UCell» savdo markasi bilan xizmat ko‘rsatuvchi «Coscom» kompaniyasi xizmati  reklama qilingan rolikda «Beeline» savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatuvchi «Unitel» kompaniyasi hajv qilingan. Davlat qo‘mitasi buni halol raqobat qoidasi buzilishi deb topgan.

davomi...
 
<<  1 2 3 4 5 6 7 8 9  >  >>

Natijalar 1 - 15 134
So'rovnoma
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qanday baholaysiz?

Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari hududida 97 ta terrorchilik jinoyati fosh etilgan. Yil davomida 429 ta qo‘lbola portlatish moslamasi, 2,2 tonna portlovchi va 2,3 tonna zaharli moddalar musodara qilingan. 180 ta terrorchilar qarorgohi aniqlanib, 500 nafardan ziyod jangari qo‘lga olingan.

SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ma'lumoti
 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar