|
Yangiliklarga obuna bo'lish |
|
|
|
Nuqtai nazar |
|
"Myanma, Xitoy, Kuba, Misr, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tunis, Turkmanistan, O‘zbekiston va Vetnamda internet orqali tarqatilayotgan yangiliklar senzura qilinadi, muntazam ravishda kuzatib boriladi, bu esa foydalanuvchilarga noqulayliklar tug‘diradi". "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining internet dushmanlari to‘g‘risidagi hisobotidan |
|
|
Eng ko'p o'qilgan maqolalar |
|
|
|
 |
Inson huquqlari
|
23.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Ma'muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deb xabar beradi Trend agentligi. Bunga ko‘ra, mehnatni muhofaza qilish qonunchiligini buzib voyaga yetmaganlarni majburiy mehnatga jalb etgan amaldorlarga eng kam oylik ish haqining 5 baravaridan 10 baravarigacha jarima solinishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 dekabridan mamlakatda eng kam oylik ish haqi 37680 so‘m. |
|
davomi...
|
|
|
18.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Shveytsariya hukumatining Guantanamo qamoqxonasida saqlangan o‘zbek mahbusini qabul qilishga rozilik bergani mamlakatda turli munozaralarga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi Shveytsariyada rus tilida chop etiluvchi "Nasha gazeta" nashri. Federal kengashi bir necha kun oldin o‘zbek mahbusini qabul qilish borasida AQSh bilan shartnoma imzolashgan hozirligini bildirgan. Ismi oshkor etilmayotgan o‘zbek mahbusi terrorchilikka mutlaqo aloqasi yo‘qliginini bildirgan. |
|
davomi...
|
|
|
07.12.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Shaxs huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti faoli, farg‘onalik inson huquqlari himoyachisi G'anixon Mamatov yurak xurujiga uchragan va unga zudlikda tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak. Bu haqda Voice of Freedom nashri xabar beradi. Ayni paytda Farg‘ona shahar qamoqxonasida saqlanayotgan huquq himoyachisining o‘g‘li Jamoliddin Mamatxonov otasining ahvoli g‘oyat og‘irligi va unga yordam berish kerakligini aytgan. |
|
davomi...
|
|
|
18.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Joriy yilning 9 noyabrida ikki nafar o‘zbek mehnat muhojiri - Jasurbek Vaisov va Jasurbek Vapaev Rossiyadan Xorazmga qaytayotganda «Beynov - Qo‘ng‘irot - Urganch» yo‘lida avtohalokat natijasida vafot etgan. "Najot" inson huquqlari guruhi xabariga ko‘ra, 1978 yilda tug‘ilgan, Xiva tumanida yashab kelgan J. Vaisovning ikki nafar farzandi, 1968 yilda tug‘ilgan va ana shu tumanda yashagan J. Vapaevning uch nafar farzandi yetim qolgan. |
|
davomi...
|
|
|
16.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, marhuma Dilnura Qodirjonovaning farzandlariga vasiylik masalasida sud davom etmoqda. Xonandaning onasi Oktyabrxon Yusupova da'vogar sifatida, uning eri Yakkasaroy tumani IIB boshlig‘i, polkovnik Jamshid Matlubov javobgar sifatida ishtirok etmoqda. "Ezgulik" jamiyati xabar berishicha, sud Ichki ishlar vaziri Bahodir Matlubovning ukasi J.Matlubovga yon bosyapti. |
|
davomi...
|
|
|
10.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining kuzatuvchilar guruhi 5-6 noyabr kunlari Andijondagi mashhur UYa 64/T-1 qamoqxonasiga borib, mahbuslarni saqlash sharoiti bilan tanishdi. Farg‘ona.ru axborot agentligiga ko‘ra, kuzatuvchilar guruhi Hindiston, Kanada, Polsha va Rossiya vakillari bo‘lgan. Xalqaro qo‘mita sentyabr oyidan buyon O'zbekistonning bir necha qamoqxonalari, jumladan, "Jasliq" nomi bilan tanilgan jazoni ijro etish muassasasini ham borib ko‘rgan. |
|
davomi...
|
|
|
09.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Sirdaryo viloyati Paxtaobod qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Rashid Sandiev kollej direktori D. Karimovaga yetkazgan ma'naviy zarari uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati sudining qarori bilan bir million so‘m jarimaga tortildi. "Ezgulik" jamiyati xabariga ko‘ra, aslida u bir necha yildan beri kollej ma'muriyati talabalardan metallom yig‘ish evaziga mo‘may pul to‘plagani haqida huquq idoralariga shikoyat yozgandi. |
|
davomi...
|
|
|
02.11.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari Yevropa Ittifoqining O'zbekistonga nisbatan sanktsiyalarni bekor qilish qarorini tanqid qilib chiqdi, deb xabar beradi Voice of Freedom. Inson huquqlari buzilayotgan bir paytda YI qat'iyatsizlik qildi. Bu esa Ittifoqning inson huquqlarining himoyachisi sifatidagi obro‘siga putur yetkazmoqda, deb bayonot bergan Human Rights Watch. Sanktsiyani bekor qilish qarorini Xalqaro inqiroz guruhi va Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti ham tanqid ostiga olgan. |
|
davomi...
|
|
|
30.10.2009 y. |
NewsUz.Com. Qozog‘istonga ish izlab borib, yo‘qolib qolayotgan xorazmliklar soni oshib bormoqda, deb xabar beradi shu viloyatda faoliyat yurituvchi «Najot» huquq himoyachilari guruhi. Tahlillarga ko‘ra, o‘zbek mehnat muhojirlarining yo‘qolishiga mehnat haqini to‘lashni istamagan qozog‘istonlik ish beruvchilarning jinoiy harakatlari ham sabab bo‘lmoqda. Xiva shahri Mevaston mahallasida yashagan, 1973 yilda tug‘ilgan Odilbek Karimovni ota-onasi o‘n to‘rt yildan beri qidirmoqda. |
|
davomi...
|
|
|
12.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. 10 oktyabr kuni Shaxs huquqlarini himoya qilish xalqaro qo‘mitasi Farg‘ona viloyati bo‘limi faoli G'anixon Mamatxonov Farg‘ona viloyati huquq-tartibot xodimlari tomonidan hibsga olindi, deb xabar beradi "Ozodlik" radiosi. Radioning farg‘onalik boshqa bir huquq himoyachisi Abdusalom Ergashevga tayanib xabar berishicha, G'.Mamatxonovga tovlamachilik aybi qo‘yilishi mumkin. G'anixon Mamatxonovning telefon orqali ma'lum qilishicha... |
|
davomi...
|
|
|
02.10.2009 y. |
|
NewsUz.Com. Ichki ishlar vazirligi akademiyasi 3-bosqich kursanti Jasur Hayitov 2009 yil 9 aprelda o‘qishdan haydalgan. Akademiya rahbari A. Yakubov kursantning haydalishiga «qabul payti otasi sudlanganini yashirgan» degan sababni ko‘rsatgan. "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati xabariga ko‘ra, jabrlanuvchi haq-huquqini tiklash uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudiga ariza bergan. Ammo sud arizani hech bir izohsiz rad etgan. |
|
davomi...
|
|
| | << < 1 2 3 4 5 6 7 8 > >>
| | Natijalar 1 - 15 114 |
|
| |
|
 |
|
Raqam |
|
2008 yili respublika prokuratura idoralari tomonidan sudyalarga gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish chorasini qo‘llashni so‘rab 16610 ta iltimosnoma kiritilgan, ulardan 248 tasi rad etilgan, qolgan barcha so‘rovlar qondirilgan. Respublika Bosh prokuraturasi ma'lumoti |
|
|