Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Kriminal  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Yo‘l qurilishi borasida qishloq joylarni qo‘ya turaylik, birgina Qarshi shahri ko‘chalarining ahvoli ham talab darajasida emas. Ayniqsa, suv quvurlari o‘tkazilgan joylar qazilgandan so‘ng shu holatda tashlab qo‘yilmoqda".

Sobir Tursunov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Adolat" partiyasi a'zosi

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Jinoyatlar xronikasi
Yulduz Oripovadan 55 ming dollar undiriladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
16.02.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripovning qizi, taniqli telejurnalist Yulduz Oripova Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan firibgarlik jinoyatida aybdor deb topildi. ÑA-news agentligi xabariga ko‘ra, Y.Oripovaga amnistiya akti qo‘llanilgan va u ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq jazodan ozod etilgan. Sud qaroriga ko‘ra, undan fuqarolik tartibida 55 ming AQSh dollar undirilishi belgilangan.

davomi...
 
Toshkentda Mark Vayl ishi bo‘yicha sud boshlandi Chop etish uchun E-mailga yuborish
12.02.2010 y.

 NewsUz.Com. Toshkentdagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlaridan birida "Ilhom" teatri badiiy rahbari Mark Vaylni o‘ldirganlikda ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs ustidan sud jarayoni boshlandi. CA-news agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Tojikiston fuqarosi Yoqub G'afurov, shuningdek, Po‘latov, Sattorov va Rossiya fuqarosi aytilayotgan Ishoqov kabi to‘rt shaxsga ayblov e'lon qilingan. Agar qotillik aybi tasdiqlansa, ularga yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

davomi...
 
Ichki ishlar xodimlariga jinoiy ish ochildi Chop etish uchun E-mailga yuborish
07.01.2010 y.

 NewsUz.Com. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar boshqarmasining bir necha xodimiga Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘g‘atildi, deb xabar beradi O'zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati. Mazkur tergov ishini Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi olib bormoqda. "Ezgulik"ka ko‘ra, ichki ishlar xodimlari bosqinchilikda ayblanib, hibsga olingan Rayhon Soatovani tergov-surishtiruv davrida zo‘rlagan.

davomi...
 
Rossiya: millatchilar xuruji Chop etish uchun E-mailga yuborish
05.01.2010 y.

 NewsUz.Com. 2009 yili Rossiyada 14 nafar o‘zbek millatchi guruhlar qo‘lida halok bo‘lgan, yana 12 nafari jarohatlangan. Inson huquqlari bo‘yicha Moskva byurosining www.antirasizm.ru saytiga ko‘ra, o‘tgan yil davomida Rossiya bo‘yicha muhojirlarga 218 marta hujut uyushtirilgan va oqibatda 75 kishi halok bo‘lgan, 284 kishi jabrlangan. 2008 yilda esa millatchi guruhlar xuruji oqibatida 120 kishi halok bo‘lgan va 360 kishi turli darajada jarohatlangandi.

 

davomi...
 
Jizzaxda bankni o‘margan guruh qo‘lga olindi Chop etish uchun E-mailga yuborish
24.12.2009 y.

 NewsUz.Com. Jizzax viloyatida mahalliy banklardan biridan 250 ming dollar miqdorida pul o‘g‘irlagan guruh qo‘lga olindi, deb xabar beradi 12.uz nashri. Ma'lum bo‘lishicha, Jizzax shahrida joylashgan bankni o‘marish operatsiyasini bank xodimlari ham ishtirok etgan. O‘g‘irlik 2009 yilning 6 noyabrida tungi soat 3larda sodir etilgan. Talonchilar qo‘riqchilarini elektroshok yordamida qurolsizlantirib, bank binosiga bostirib kirgan.

 

davomi...
 
Telefon orqali axloqsiz video tarqatgani uchun Chop etish uchun E-mailga yuborish
07.12.2009 y.

 NewsUz.Com. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri jinoyat ishlari sudi axloqsizlik va shaxsning qadr-qimmatini toptash jinoyatini sodir etgan shaxsga 14 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. Respublika huquq-tartibot idoralari vakilining ma'lum qilishicha, 2009 yilning mayida nomi oshkor etilmayotgan jinoyatchi o‘z nikohidagi ayolni majburlab yechintirib, Qo‘qon shahri ko‘chalarida olib yurgan va bu holatni o‘z uyali telefoniga tasvirgan tushirgan.

davomi...
 
“Yelka” evaziga kredit, o‘zlashtirib yuborilgan pensiyalar Chop etish uchun E-mailga yuborish
16.11.2009 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekistonda bank xodimlari va rahbarlari tomonidan jinoyat sodir etish holatlari ko‘paygan. Bosh prokuraturaga ko‘ra, joriy yilning sentyabriga qadar bank rahbarlari va xodimlariga nisbatan poraxo‘rlik, hujjatlarni soxtalashtirish, o‘z mansabini suiiste'mol qilish kabi holatlar bilan 194ta jinoiy ish ochilgan. Qonunbuzar bankirlar o‘zlashtirib yuborgan zarar miqdori 2,7 milliard so‘mdan oshadi. "Ravnaqbank" xususiy banki boshqaruvi raisi D.Mahmudov qalbaki hujjatlar tayyorlab...

davomi...
 
5000 dollarlik sud qarori Chop etish uchun E-mailga yuborish
09.11.2009 y.

 NewsUz.Com. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudi hukmi bilan fuqarolik ishlar bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudi sudyasi Haqnazar Islomovni 11,2 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Region.uzga ko‘ra, H.Islomov  Mehribonlik uyining sobiq rahbari Xadicha Karimovadan 5000 AQSh dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga olingan. Sudda H.Islomov aybiga iqror bo‘lmagan. Sud hukmiga ko‘ra esa, uning jinoyati inkor etib bo‘lmas dalillar bilan isbotlangan.

davomi...
 
Xavfsizlik tashkiloti va 1700ta jinoiy sayt Chop etish uchun E-mailga yuborish
03.11.2009 y.

 NewsUz.Com. Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo davlatlar maxsus xizmatlari o‘tkazgan «Proksi» maxsus operatsiyasi davomida 1700ta jinoiy sayt va 10ta terrorchi internet resurs aniqlandi. Bu haqda tashkilot Bosh kotibi Nikolay Bordyuja bayonot berdi. Bosh kotib axborot maydonidagi tahdidlarga qarshi kurash g‘oyat muhim ekani, shuning uchun tashkilotga a'zo davlatlar bu borada bir-biriga ko‘mak berishi kerakligiga e'tibor qaratgan.

davomi...
 
50 ming yevro evaziga tana a’zolari Chop etish uchun E-mailga yuborish
24.10.2009 y.

 NewsUz.Com. Toshkentlik Timur ismli shaxs Moskvada inson a'zolarini sotishda gumon qilinib qo‘lga olingan. ÑA-news agentligining rus matbuotiga tayanib yozishicha, 29 yashar ushbu shaxs Internet orqali inson a'zolarini sotishi haqida e'lon bergan. Rossiya huquq idoralari jinoyatni aniqlash uchun go‘yo mijoz bo‘lib  yozishmalar olib borgan. Bir necha oylik yozishmalardan keyin Temur bilan Moskvada ko‘rishishga kelishilgan.

davomi...
 
Sudya pora tufayli o‘n yilga kesildi Chop etish uchun E-mailga yuborish
15.10.2009 y.

 NewsUz.Com. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi Jinoyat kodeksining 210-moddasiga ko`ra poraxo‘rlikda ayblangan sudya Olim Sharopovga o‘n yilga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi. 2006 yildan buyon fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudi sudyasi vazifasida ishlab kelgan O.Sharopov fuqarolar A. Qosimov va S. Boynazarova o‘rtasidagi uy-joy nizosini hal qili berish uchun pora tariqasida 4 mln. so‘m olgan.

davomi...
 
<<  1 2 3 4 5 6 7  >  >>

Natijalar 1 - 15 101
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2009 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 27,555 million kishini tashkil etdi. Shu tariqa aholi bir yilda 483,1 ming kishiga yoki 1,8 foizga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar