Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Inson huquqlari arrow Tanqid, tazyiq va ta’qib  
10.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Hozir, taassufki, ayrimlar harom yo‘l bilan pul topishni fazilat deb biladi. Maoshi hemiri-yu, dang‘illama hovlilar qurgan (va har ehtimolga qarshi birovning nomiga o‘tkazgan), "amriqoncha" millionlarni pasqam joylarga taxlab qo‘yganlar ham kam emas. Eng chatog‘i, ba'zi birovlarda "mansab - harom-harish yo‘l bilan pul topish manbai" degan fikr paydo bo‘lyapti. Bu juda yomon".

Usmon Azim, O‘zbekiston xalq shoiri

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Tanqid, tazyiq va ta’qib Chop etish uchun E-mailga yuborish
15.12.2007 y.

 NewsUz.Com. Butunjahon fuqaro faolligi ittifoqi (CIVICUS) O‘zbekistonda mustaqil fuqarolik tashkilotlarining holatiga bag‘ishlangan ma'ruza e'lon qildi. «Ortga qaytib: O‘zbekistonda mustaqil fuqarolik jamiyatining yutuq va muammolari» tadqiqotida prezident sayloviga sanoqli kunlar qolgan bir paytda mamlakat fuqarolik jamiyati faollari uchun yanada xatarli bo‘lib qolgani qayd etildi. 

Fuqarolik institutlarining passiv harakati tanqidiy baholangan ma'ruzaga ko‘ra, so‘nggi yillar ichida O‘zbekistondagi aksariyat nodavlat tashkilotlar yopib qo‘yildi, ishlashda davom etayotganlari esa ta'qib ostida qolyapti.  Xususan, prezident saylovi arafasida mustaqil fuqarolik institutlariga qarshi harakatlar faollashdi. Fuqarolar doimiy nazoratga olindi, ommaviy axborot vositalarini tsenzura qilish yanada kuchaydi.  

CIVICUS O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillari boshida mustaqil fuqarolik tashkilotlari shiddat bilan rivojlangani, biroq so‘nggi besh yil ichida ular parchalab tashlanganiga e'tibor qaratadi.

Ukraina, Gruziya va Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan "rangli" inqiloblar rasmiy Toshkentning nodavlat notijorat tashkilotlariga bo‘lgan munosabatini yanada keskinlashtirdi. Sobiq sho‘ro davlatlaridagi inqiloblar takrorlanmasligi uchun hukumat xorijiy nodavlat tashkilotlarining deyarli barchasini chiqarib yubordi. Chet el tashkilotlari ustidan nazoratni kuchaytirish uchun bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Hukumat bor e'tiborini inqilobiy ruhni tarqatmaslikka qaratdi.

CIVICUS Bosh kotibi Kumi Nayduning fikricha, so‘nggi besh yil ichida O‘zbekiston tanqidiy qarashlarga o‘rin berilmagan davlatga aylandi. Mintaqaning boshqa davlatlari qatori bu yerda ham "anti-terrorizm" g‘oyasi fuqarolik jamiyati faollari og‘zini yumish uchun foydalanilyapti. Mamlakatdagi muxolif fikrli kishilarga qarshi kurashda sovet zamonidan qolgan usullarga bot-bot murojaat qilinyapti.

Tadqiqotda saylov arafasida ta'qib va nazorat keskinlashgani, organ xodimlari mamlakatdagi nodavlat tashkilotlari rahbarlaridan saylovga qadar tinch o‘tirish, turli tadbirlar o‘tkazmaslik to‘g‘risida tilxat olingani aytilgan.

 

Ma`ruzaning to`liq varianti  

CIVICUSning sayti

 

 

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

O‘zbekistonda ayni paytda 29 ta tijorat banki va uning 800 ta filiali, 2200 ta minibank, 124 ta kredit tashkiloti, 189 ta axborot-maslahat markazi, 269 ta konsalting markazi, 497 ta auditorlik firmasi, 149 ta baholash tashkiloti, tovar xomashyo birjasining 220 ta savdo maydoni, 1377 ta brokerlik idorasi ishlab turibdi.

O‘zbekiston monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar