Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Inson huquqlari arrow Asossiz “asos”  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Amaldorlarning rasmiyatchiligi, qog‘ozbozligi va boshqa to‘siqlar kichik biznesning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘layapti. Qachonki biz qisqa muddatda barcha hujjatlarni rasmiylashtirsak, bir so‘z bilan aytganda, rivojlangan davlatga munosib shart-sharoitlar yarata olsakgina, shunda bizda kichik va o‘rta biznes rivojlanadi, deb ayta olamiz". 

Ziyodulla Ubaydullayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, liberal-demokratik partiya a'zosi

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Asossiz “asos” Chop etish uchun E-mailga yuborish
19.12.2007 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekiston prezidenti sayloviga sanoqli kunlar qolganda Markaziy saylov komissiyasi «Ezgulik» inson huquqlari jamiyatiga kuzatuvchi mandatini berishni rad etdi. Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari Qo‘chqor Tog‘aev nomidan berilgan javob maktubida O‘zbekiston prezidenti saylovida adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan siyosiy partiya, tashabbuskor guruh va xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkinligi aytilgan.

"O‘zbekiston prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi qonunning beshinchi moddasida: "Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan bittadan kuzatuvchi... qatnashish huquqiga egadir", deyilgan. MSK rahbari o‘rinbosari o‘z maktubida kuzatuvchi guvohnomasini bermaslik asosi sifatida ana shu moddada tilga olingan "ro‘yxatga olinganlik" talabini ko‘rsatadi. 

«Ezgulik» jamiyati vakili tashkilot adliya vazirligida rasman ro‘yxatdan o‘tgani, saylov komissiyasining hattoki ana shu elementar ma'lumotdan ham bexabar ekanidan hayratini izhor qildi. Shu bilan birga jamiyat vakili saylovchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish ularning asosiy vazifalaridan ekanini ham ta'kidladi.

«Aftidan, Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Qo‘chqor Tog‘aev adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom bo‘yicha mamlakat fuqarolari haq-huquqlarini, ùu jumladan, saylov huquqini himoya qilishni asosiy maqsadi deb belgilagan tashkilotimiz xususida yaxshi xabardor emas, shekilli. Saylov jarayonida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish aynan saylovchining huquqlariga nechog‘lik rioya etilayotganini ko‘rish va baholash imkonini bermog‘i lozim edi», - deyiladi «Ezgulik» bayonotida.

Markaziy saylov komissiyasi kabi nufuzli idoraning mavjud vaziyatni to‘liq o‘rganmasdan xulosa bergani, asossiz "asos"ga tayanib "Ezgulik" so‘rovini rad etgani jamiyatni mamnun etgani yo‘q, albatta. Boz ustiga, saylov komissiyasi rad etish to‘g‘risidagi bildiruvni saylovga sanoqli kunlar qolganda oshkor qildi. Ya'ni hozirgi holatda "Ezgulik" jamiyati o‘z huquqini sud orqali talab qilish imkoniga ham ega emas. Vaziyatni o‘zgartirish uchun sudlashib yurtgunga qadar saylov o‘tib ketadi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili respublika prokuratura idoralari tomonidan sudyalarga gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish chorasini qo‘llashni so‘rab 16610 ta iltimosnoma kiritilgan, ulardan 248 tasi rad etilgan, qolgan barcha so‘rovlar qondirilgan.

Respublika Bosh prokuraturasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar