| Senatorlar: akademikdan prokurorga qadar |
|
|
| 25.01.2010 y. | |
|
Rasmiy matbuotda e'lon qilingan ro‘yxatga ko‘ra, quyida shaxslar Prezident tomonidan senator etib tayinlangan: 1. Anvar Ahmedov - "Mahalla" jamg‘armasi raisi, 2. Farida Akbarova - O'zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, 3. Ixtiyor Abdullaev - O'zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi, 4. Erkin Boqiboev - "Nuroniy" jamg‘armasi raisi, 5. Iqbol Mirzo - O'zbekiston xalq shoiri, Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari, 6. G'ofurjon Muhamedov - O'zbekiston milliy universiteti rektori, 7. Svetlana Ortiqova - Bosh prokuratura qonunchilik targ‘ibot boshqarmasi rahbari, 8. Mirakbar Rahmonqulov - Milliy xavfsizlik kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari, 9. Edvard Rtveladze - O'zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, 10. Quvondiq Sanaqulov - Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati bosh direktori, 11. Sodiq Safoev - Senat tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi, 12. Shavkat Solihov - O'zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, 13. Valeriy Tyan - "O'zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi rahbari, 14. Yo‘lboy Tursunboev - Konstitutsiyaviy sud sudyasi, 15. Mirabror Usmonov - O'zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti, 16. Aleksandr Farmonov - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori. Markaziy saylov komissiyasi tarqatgan xabarga ko‘ra, 25-26 yanvar kunlari Senatning birinchi yig‘ini o‘tkaziladi va uning raisi, qo‘mita rahbarlari saylanadi. |
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|








NewsUz.Com. Markaziy saylov komisssiyasi Oliy Majlis Senatining 100 nafar a'zosi ro‘yxatga olinganini ma'lum qildi. 20-22 yanvar kunlari bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, 84ta senator saylangan. Mamlakat Prezidenti Islom Karimovning 22 yanvardagi farmoni bilan esa Senatning qolgan 16 nafar a'zosi tayinlangan. Qonunchilikka ko‘ra, viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan oltidan senator saylanadi, Prezident esa o‘n olti nafar senatorni tayinlaydi.