Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
07.09.2010 y.
Suv va isitish tizimi tarifi oshiriladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
26.01.2010 y.

 NewsUz.Com. 1 fevraldan Toshkent shahar aholisi uchun markaziy isitish tizimi, issiq va sovuq suv uchun to‘lovlar 20 foizga oshiriladi. Gazeta.uzning «Toshissiqenergo» va «Suvsoz» tashkilotlariga tayanib xabar berishicha, narx oshishi energetika va boshqa resurslar bahosining ko‘tarilib ketgani bilan bog‘liq. Oylik isitish to‘lovi bir kvadrat metrga 300,2 so‘mdan 365,8 so‘mga ko‘tariladi.

Issiq suv, hisoblagich bo‘lmagan holatda, odam boshiga 3814,78 so‘m (ayni paytda 3135,3 so‘m) va hisoblagich bo‘lgan holatlarda bir kubometrga 1172,21 so‘m (963,3 so‘m), umumiy dush tizimiga ega bo‘lgan yotoqxonalarda kishi boshiga 2837,83 so‘m (2332,08 so‘m)ga ko‘tariladi.

Korxona va tashkilotlar issiqlik energiyasiga Gkal uchun qo‘shimcha qiymat solig‘isiz 20565 so‘m (16900 so‘m) va qo‘shimcha qiymat solig‘i bilan 24678 so‘m (20280 so‘m) to‘laydi.

Sovuq suv uchun to‘lov qo‘shimcha qiymat solig‘isiz kubometrga 68 so‘m (55,1 so‘m), kanalizatsiya uchun kubometrga 41 so‘m (35 so‘m)ga ko‘tariladi.

Korxona va tashkilotlarga sovuq suv uchun to‘lov kubometrga qo‘shimcha qiymat solig‘isiz 142 so‘m (115,5 so‘m), kanalizatsiya uchun kubometrga 85,1 so‘m (72,7 so‘m)ga oshiriladi.

Suv va isitish tizimi uchun narxlar so‘nggi marta 2009 yilning aprelida oshirilgandi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

Bir kecha-kunduzda Toshkent shahri aholisiga yetkazib berilayotgan 2 million kubometr ichimlik suvining 25 foizi e'tiborsizlik tufayli isrof bo‘ladi.

"Suvsoz" tashkiloti ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar