Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Amerika Markaziy Osiyoda yutuqqa erishsa, Rossiya zarar ko‘radi yoki aksincha Amerika omadsizlikka uchrasa, Rossiyaga ayni muddao degan qarash bor. Lekin bu holatda hech kim mintaqa aholisidan "Xohishing nima, katta siyosiy o‘yinda ishtirok etish niyating bormi o‘zi?" deb so‘rab o‘tirmaydi. Bu yog‘och stolda kechayotgan tennis o‘yini emas, odamlar ustida, taqdirlar ustida ketayotgan o‘yin. Mintaqa xalqlarining bu boradagi fikriga quloq tutgan ma'qul".

Arkadiy Dubnov,

Markaziy Osiyo mavzusiga ixtisoslashgan sharhlovchi

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Bojxonani buzishga 40 ming urinish Chop etish uchun E-mailga yuborish
26.01.2010 y.

 NewsUz.Com. O‘zbekiston bojxona xizmati tomonidan 2009 yil davomida 40 ming qonunbuzarlik holati aniqlangan va 938ta jinoiy ish ochilgan. Bu haqda Bojxona xizmatining yillik hisobotida ma'lum qilinadi. Yil davomida bojxona postlarida 297545 dona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgan. Bundan 96317 eksport, 225644 import, 2145 tranzit yuklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bojxona xizmati tomonidan 899,8 tonna rangli metallar, 326,3 ming tonna yonilg‘i-moy, 394,5 tonna go‘sht va go‘sht mahsulotlari, 126,8 ming litr o‘simlik yog‘i, 600 bosh chorva mollari ushlab qolingan.

Shuningdek, 451,3 kg kuchli ta'sir qiluvchi narkotik moddalar, 40,5 ming psixotrop dori, 5,3 kg porox, 39 dona o‘qotar qurol, 334 patron va pirotexnika vositalarini olib o‘tishga urinishi aniqlangan.

Bojxona xizmati ma'lumotiga ko‘ra, ushlab qolingan noqonuniy tovarlarning umumiy miqdori 45,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

Shu mavzudagi material:

Boju xiroj miqdori o‘zgaradi. 18.08.2009 y.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2009 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 27,555 million kishini tashkil etdi. Shu tariqa aholi bir yilda 483,1 ming kishiga yoki 1,8 foizga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar