Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Eski zamonlarni qo‘msaydigan odamlar davlatning adabiyotga rag‘bati sustligidan, o‘zlarining iborasi bilan aytganda, "muayyan adabiy siyosat" yo‘qligidan noliydi. Lekin ming-ming yillik tarix davomida davlat haqiqiy adabiyotga rag‘bat ko‘rsatmagan, u adabiyotni faqat boshqarishga intilgan va tuzukkina boshqargan ham. Davlat yetaklagan adabiyotda maddohlikdan o‘zga barcha janrlar tanazzulga yuz tutadi".

Murod Muhammad Do‘st, yozuvchi, O'zbekiston prezidentining sobiq matbuot kotibi
 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Senat raisi o‘z lavozimida qoldi Chop etish uchun E-mailga yuborish
27.01.2010 y.

 NewsUz.Com. 26 yanvar kuni Oliy Majlis Senatining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi tarqatgan xabarga ko‘ra, 2006 yildan buyon Senat raisi bo‘lib ishlab kelgan Ilgizar Sobirov ushbu lavozimga navbatdagi muddatga saylangan. 51 yoshli I.Sobirov Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tugatgan, sud va adliya idoralarida ishlagan, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani hokimi bo‘lgan.

Shuningdek, mazkur yig‘inda avval Senat qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lgan Mavjuda Rajabova va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kenesi raisi Musa Erniyozov Senat raisining o‘rinbosarlari etib saylangan.

Yangidan saylangan Senat yig‘inida mamlakat prezidenti Islom Karimov ham ishtirok etgan. Yig‘ilishda Senatning oltita qo‘mitasini tashkil etish va ularga rais tayinlash masalasi ham ko‘rilgan.

25 yanvar kuni MSK Senatning 100 nafar a'zosi ro‘yxatga olinganini ma'lum qilgandi. 

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili O'zbekistonda 106 ta sudya intizomiy jazo oldi, uch nafar sudyaning vakolati muddatdan oldin to‘xtatildi, to‘rt nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortildi.

O'zbekiston Oliy sudi hay'ati majlisi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar