Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Soya"da qolgan xoli mablag‘larni iqtisodiyotning real sektoriga jalb etish uchun birinchi navbatda banklar faoliyatidagi qulayliklar va imtiyozlarning real natijalari xususida ko‘proq ma'lumot tarqatish, banklarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, hisobraqamlarda mablag‘larning hech qanday to‘siqlarsiz, istalgan muddatda hisob-kitob qilinishiga erishish talab etiladi".

Abbosxon Ahmedov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
O‘zbek mahbusi Shveytsariyaga yuborildi Chop etish uchun E-mailga yuborish
27.01.2010 y.

 NewsUz.Com. Amerikaning Guantanamo qamoqxonasida saqlangan o‘zbekistonlik mahbus Shveytsariyaga yuborildi. Bu haqda Reuters agentligi Amerika adliya vazirligiga tayanib xabar beradi. Avval xabar berganimizdek, 2009 yil dekabrda Shveytsariya Federal kengashi ismi oshkor etilmayotgan o‘zbekistonlikka boshpana berishga roziligini bildirgandi. Bu esa Shveytsariyada munozaralarga ham sabab bo‘lgandi.

Amerika Prezidenti Barak Obama hokimiyatga kelganidan keyin keskin tanqidlarga sabab bo‘lib kelayotgan Guantanamo mahbusxonasini yopishga qaror qildi va u yerda aybsiz saqlangan mahbuslarni qabul qilish borasida dunyo davlatlariga murojaat qildi. Joriy yilning fevralida Yevropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlari majlisida Ittifoq davlatlarining mahbuslarni qabul qilish imkoniyati muhokama etildi va bu boradagi qarorni har bir davlat o‘zi qabul qilishiga kelishildi. Shu tariqa ellikka yaqin mahbusdan to‘rt nafari Yevropa davlatlari (Fransiya, Vengriya, Italiya)dan boshpana oldi.

Shveytsariya ham garchi Ittifoqqa a'zo bo‘lmasada, mahbuslarni qabul qilishda ishtirok etish niyatini bildirdi. Ammo konfederatsiya tartibidagi boshqaruvga asoslangan davlatda bu tashabbusni faqatgina Jeneva kantoni hukumati ma'qulladi, Bazel, Turgau, Friburg kabi yirik shaharlar esa bunga qo‘shilmagan.

Avvalroq Irlandiya hukumati Guantanamo qamoqxonasida saqlanib kelgan ikki nafar O'zbekiston fuqarosiga boshpana berishga rozi bo‘lgandi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili O‘zbekistonda 249 mingta nikoh va 16,1 mingta ajrashish ro‘yxatga oling. Bu esa 1000 kishiga 9,1 nikoh va 0,6 ta ajrashish to‘g‘ri keladi, demakdir.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar