| AQSH Davlat kotibi O’zbekistonga keladi |
|
|
| 29.01.2010 y. | |
|
Mazkur harakat rejasi ikki davlat o‘rtasida siyosat, xavfsizlik, iqtisod, madaniyat, ilm-fan sohasida hamkorlikni kuchaytirishni ko‘zda tutadi. Bunga ko‘ra, 2010 yilning birinchi yarmi davomida Toshkentda O'zbekiston-Amerika siyosiy muloqotining 2-bosqichi o‘tkaziladi, shuningdek, Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha rasmiy Toshkent taklif qilgan «6+3» muloqot guruhini tuzish yuzasidan tadbir uyushtiriladi. Shu bilan birga joriy yilning fevralida Toshkentga AQShning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbruk, keyinroq kongressmenlardan iborat guruh tashrif buyuradi. Bu H.Klintonning O'zbekistonga ikkinchi tashrifi, bunga qadar u AQShning birinchi raqamli xonimi bo‘lib turgan paytda kelgan. Avval xabar berganimizdek, 2009 yilning 17-18 dekabr kunlari Vashingtonga Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi borishi bilan ikki tomonlama siyosiy muloqotlarning birinchi bosqichiga start berildi. |
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|








NewsUz.Com. AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton 2010 yilning iyuniga qadar O'zbekistonga keladi. Davlat kotibining tashrifi borasida 2009 yilning dekabrida Vashingtonda o‘tgan O'zbekiston-Amerika siyosiy muloqoti yakunlarida kelishilgan. Qator axborot agentliklari tarqatgan xabarga ko‘ra, Prezident Islom Karimov 11 yanvar kuni O'zbekiston va AQSh o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2010 yilga mo‘ljallangan harakat rejasini tasdiqlagan.