Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Siyosat arrow AQSH Davlat kotibi O’zbekistonga keladi  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Ilmiy muassasalarimiz va oliy o‘quv yurtlarida jonli, qaynoq ilmiy jarayonni yuzaga keltirish muhim. Hozir esa, afsuski, goho o‘ta rasmiyatchilik bilan yondashuv tamoyili yetakchilik qilmoqda. Yuzlab ilmiy anjumanlar o‘tkaziladi, tezis va ma'ruza matnlari chop etiladi. Anjumanlarda ishtirokchilar ma'ruza qilishga arang ulguradi. Xulosalar ham oldindan tayyorlab qo‘yiladi, xo‘jako‘rsinga o‘qib eshittiriladi".

Nusratulla Jumaxo‘jayev, filologiya fanlari doktori, professor

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
AQSH Davlat kotibi O’zbekistonga keladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
29.01.2010 y.

 NewsUz.Com. AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton 2010 yilning iyuniga qadar O'zbekistonga keladi. Davlat kotibining tashrifi borasida 2009 yilning dekabrida Vashingtonda o‘tgan O'zbekiston-Amerika siyosiy muloqoti yakunlarida kelishilgan. Qator axborot agentliklari tarqatgan xabarga ko‘ra,  Prezident Islom Karimov 11 yanvar kuni O'zbekiston va AQSh o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2010 yilga mo‘ljallangan harakat rejasini tasdiqlagan.

Mazkur harakat rejasi ikki davlat o‘rtasida siyosat, xavfsizlik, iqtisod, madaniyat, ilm-fan sohasida hamkorlikni kuchaytirishni ko‘zda tutadi.

Bunga ko‘ra, 2010 yilning birinchi yarmi davomida Toshkentda O'zbekiston-Amerika siyosiy muloqotining 2-bosqichi o‘tkaziladi, shuningdek, Afg‘oniston muammosini hal etish bo‘yicha rasmiy Toshkent taklif qilgan «6+3» muloqot guruhini tuzish yuzasidan tadbir uyushtiriladi. Shu bilan birga joriy yilning fevralida Toshkentga AQShning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbruk, keyinroq kongressmenlardan iborat guruh tashrif buyuradi.

Bu H.Klintonning O'zbekistonga ikkinchi tashrifi, bunga qadar u AQShning birinchi raqamli xonimi bo‘lib turgan paytda kelgan.

Avval xabar berganimizdek, 2009 yilning 17-18 dekabr kunlari Vashingtonga Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi O'zbekiston delegatsiyasi borishi bilan ikki tomonlama siyosiy muloqotlarning birinchi bosqichiga start berildi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

Keyingi o‘n yillikda odam savdosi Janubi-sharqiy Osiyodan sobiq Ittifoq mamlakatlariga ko‘chdi. Birgina 2000 yilning o‘zida MDH davlatlaridan Yevropa mamlakatlariga bir yuz yigirma ming ayol sotilgan.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar