| Zo‘ravonlar ishi sudga oshirildi |
|
|
| 29.01.2010 y. | |
|
Tergov xulosasiga ko‘ra, 2009 yilning 27 sentyabrida Kaluga shahar ichki ishlar bo‘limiga ikki nafar O'zbekiston fuqarosi olib kelingan. Ular ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar saqlanadigan xonaga qamab qo‘yilgan. Shundan keyin ikki nafar militsiya ofitseri xizmat vazifasini suiiste'mol qilgan holda, clavyan millatiga mansub bo‘lmagan odamlarga nafrati sababli O'zbekiston fuqarolarini kaltaklay boshlagan. Bu bilan cheklanmay, militsiya ofitserlari ma'muriy tartibda ushlab turilgan boshqa shaxslarni ham O'zbekiston fuqarolarini urishga majbur qilgan. Shu mavzudagi material: O‘zbeklarga zulm o‘tkazgani uchun... 21.04.2008 y. |
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|








NewsUz.Com. Rossiyaning Kaluga viloyatida O'zbekiston fuqarolariga zo‘ravonlik qilgan ikki nafar militsiya xodimi ustidan tekshiruv yakunlandi va ish sudga yuborildi. 12.uz cayti xabariga ko‘ra, militsiya xodimlarining xatti-harakati inson qadr-qimmatini toptash va mansab vakolatini suiiste'mol qilish deb malakalangan. Ushbu jinoyat uchun Rossiya jinoyat qonunchiligiga ko‘ra 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.