Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Hududlar arrow Zo‘ravonlar ishi sudga oshirildi  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

«Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, korruptsiya barcha ijtimoiy mexanizmlarning normal ishlashini qiyinlashtirmoqda, ijtimoiy o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqarish va milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, jamoatchilikda jiddiy xavotir va davlat tashkilotlariga nisbatan ishonchsizlik tuyg‘usini uyg‘otmoqda, xalqaro maydonda O‘zbekiston haqida salbiy tasavvurlar uyg‘otmoqda va u haqli ravishda milliy xavfsizlikka tahdid sifatida baholanmoqda».

Alisher Sharafiddinov, O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Zo‘ravonlar ishi sudga oshirildi Chop etish uchun E-mailga yuborish
29.01.2010 y.

 NewsUz.Com.  Rossiyaning Kaluga viloyatida O'zbekiston fuqarolariga zo‘ravonlik qilgan ikki nafar militsiya xodimi ustidan tekshiruv yakunlandi va ish sudga yuborildi. 12.uz cayti xabariga ko‘ra, militsiya xodimlarining xatti-harakati inson qadr-qimmatini toptash va mansab vakolatini suiiste'mol qilish deb malakalangan. Ushbu jinoyat uchun Rossiya jinoyat qonunchiligiga ko‘ra 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

Tergov xulosasiga ko‘ra, 2009 yilning 27 sentyabrida Kaluga shahar ichki ishlar bo‘limiga ikki nafar O'zbekiston fuqarosi olib kelingan. Ular ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar saqlanadigan xonaga qamab qo‘yilgan. Shundan keyin ikki nafar militsiya ofitseri xizmat vazifasini suiiste'mol qilgan holda, clavyan millatiga mansub bo‘lmagan odamlarga nafrati sababli O'zbekiston fuqarolarini kaltaklay boshlagan.

Bu bilan cheklanmay, militsiya ofitserlari ma'muriy tartibda ushlab turilgan boshqa shaxslarni ham O'zbekiston fuqarolarini urishga majbur qilgan.

Shu mavzudagi material:

O‘zbeklarga zulm o‘tkazgani uchun... 21.04.2008 y.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘lim holatining 59,3 foizi - qon aylanish tizimi kasalliklari, 7,1 foizi - yangi yuzaga kelgan xastaliklar, 6,6 foizi - nafas yo‘llari kasalliklari, 6,4 foizi - baxtsiz hodisalar, zaharlanish va jarohatlanish tufayli yuz bermoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar