| Hukumatning yangi tarkibi: uchta qo‘mita raisi ishdan ketdi |
|
|
| 30.01.2010 y. | |
|
Shuningdek, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi Narimon Mavlonov va Davlat statistika qo‘mitasi raisi G'ofirjon Qudratov ham egallab turgan vazifasidan ozod etiladi. Shu tariqa mazkur uch qo‘mita va Davlat mulk qo‘mitasi raisligi ayni paytda bo‘sh bo‘lib turibdi. Davlat mulk qo‘mitasi raisligi 2009 yilning noyabrida Dilshod Musaev Vazirlar Mahkamasi ijroiya devoni rahbari bo‘lgach, bo‘shab qolgandi. Avval xabar berganimizdek, 2010 yilning 27 yanvarida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida Shavkat Mirziyoev hukumat rahbari etib qayta caylangandi. Gazeta.uz nashri xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda mamlakat boshqaruv idoralarida xodimlarni qisqartirish amalga oshiriladi. Mamlakat Prezidenti 2010 yilning 12 yanvarida imzolagan qarorga ko‘ra, davlat idoralarining boshqaruv kadrlari soni 9224taga (78,46 mingtadan 69,23 taga) yoki 12%ga qisqaradi. |
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|








NewsUz.Com. O'zbekistonda yangi hukumat tarkibi shakllanib bo‘ldi, deb xabar beradi www.gov.uz davlat hokimiyati portali. Bunga ko‘ra, bosh vazir Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi hukumat deyarli avvalgi tarkibda ishlashni davom ettiradi. Faqatgina uch nafar qo‘mita a'zosi hukumat tarkibidan chiqariladi. 2006 yilning iyunidan buyon Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi raisi vazifasini bajarib kelgan Boymurod Ulashov lavozimidan ozod etiladi.