Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Siyosat arrow Hukumatning yangi tarkibi: uchta qo‘mita raisi ishdan ketdi  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida ham ko‘p ish qilishimiz lozimligini unutmasligimiz kerak. Ayniqsa, ba'zida rasmiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma'lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo‘shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo‘lib kelayotganini ko‘rsatadi".

Islom Karimov, O‘zbekiston Prezidenti

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Hukumatning yangi tarkibi: uchta qo‘mita raisi ishdan ketdi Chop etish uchun E-mailga yuborish
30.01.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekistonda yangi hukumat tarkibi shakllanib bo‘ldi, deb xabar beradi www.gov.uz davlat hokimiyati portali. Bunga ko‘ra, bosh vazir Shavkat Mirziyoev boshchiligidagi hukumat deyarli avvalgi tarkibda ishlashni davom ettiradi. Faqatgina uch nafar qo‘mita a'zosi hukumat tarkibidan chiqariladi. 2006 yilning iyunidan buyon Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi raisi vazifasini bajarib kelgan Boymurod Ulashov lavozimidan ozod etiladi.

Shuningdek, Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi Narimon Mavlonov va Davlat statistika qo‘mitasi raisi G'ofirjon Qudratov ham egallab turgan vazifasidan ozod etiladi.

Shu tariqa mazkur uch qo‘mita va Davlat mulk qo‘mitasi raisligi ayni paytda bo‘sh bo‘lib turibdi. Davlat mulk qo‘mitasi raisligi 2009 yilning noyabrida Dilshod Musaev Vazirlar Mahkamasi ijroiya devoni rahbari bo‘lgach, bo‘shab qolgandi.

Avval xabar berganimizdek, 2010 yilning 27 yanvarida Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida Shavkat Mirziyoev hukumat rahbari etib qayta caylangandi.

Gazeta.uz nashri xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda mamlakat boshqaruv idoralarida xodimlarni qisqartirish amalga oshiriladi. Mamlakat Prezidenti 2010 yilning 12 yanvarida imzolagan qarorga ko‘ra, davlat idoralarining boshqaruv kadrlari soni 9224taga (78,46 mingtadan 69,23 taga) yoki 12%ga qisqaradi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili respublika prokuratura idoralari tomonidan sudyalarga gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish chorasini qo‘llashni so‘rab 16610 ta iltimosnoma kiritilgan, ulardan 248 tasi rad etilgan, qolgan barcha so‘rovlar qondirilgan.

Respublika Bosh prokuraturasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar