| Toshkent-Bryussel: ishga solinmagan imkoniyatlar... |
|
|
| 02.02.2010 y. | |
|
Baxtiyor G'ulomov 2009 yilning dekabrida O'zbekistonning Belgiyadagi elchisi, ayni paytda o‘rindoshlik asosida Yevropa Ittifoqi va NATOdagi vakili etib saylangan. Unga qadar u O'zbekistonning Germaniyadagi elchisi, Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar boshqarmasi rahbari bo‘lib ishlagan. Ma'lumotlarga qaraganda, O'zbekistonning YI mamlakatlari bilan yillik o'zaro tovar ayirboshlash hajmi 1,5 milliard AQSh dollaridan oshadi. Mamlakatda Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar sarmoyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan korxonalar soni yetti yuzga yaqin. |
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|



NewsUz.Com. O'zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi rahbari Baxtiyor G'ulomov 2010 yil 28 yanvar kuni Yevrokomissiya prezidenti Joze Manuel Barrozuga ishonch yorlig‘i topshirdi. Regnum agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida siyosiy va iqtisodiy muloqotni kuchaytirish, jumladan, YIning Markaziy Osiyo strategiyasi bo‘yicha amalga oshirilmagan imkoniyatlardan foydalanish muhokama qilingan.