Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Hududlar arrow Latviya O’zbekiston fuqarosini qabul qilishga rozi  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida ham ko‘p ish qilishimiz lozimligini unutmasligimiz kerak. Ayniqsa, ba'zida rasmiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma'lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo‘shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo‘lib kelayotganini ko‘rsatadi".

Islom Karimov, O‘zbekiston Prezidenti

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Latviya O’zbekiston fuqarosini qabul qilishga rozi Chop etish uchun E-mailga yuborish
03.02.2010 y.

 NewsUz.Com. Latviya hukumati Guantanamo qamoqhonasida saqlangan o‘zbek mahbusini qabul qilishga rozilik berdi. Bu haqda Latviya hukumatining 2 fevral kuni o‘tgan yopiq majlisida qaror qabul qilingan. Delfi agentligi xabariga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan mahbus Afg‘onistonda Amerika harbiylari tomonidan qo‘lga olingan va Guantanamo qamoqxonasida besh yil saqlangan. Uning terrorchilikka aloqador ekani bo‘yicha ayblar tasdiqlanmagan.

Amerika va Latviya maxsus xizmati mahbusning tarjimai holini diqqat bilan o‘rgangan va u jamiyatga tahdid solmaydi degan xulosaga kelgan.

Amerika Prezidenti Barak Obama hokimiyatga kelganidan keyin keskin tanqidlarga sabab bo‘lib kelayotgan Guantanamo mahbusxonasini yopishga qaror qildi va u yerda aybsiz saqlangan mahbuslarni qabul qilish borasida dunyo davlatlariga murojaat qildi. Joriy yilning fevralida Yevropa Ittifoqi ichki ishlar vazirlari majlisida Ittifoq davlatlarining mahbuslarni qabul qilish imkoniyati muhokama etildi va bu boradagi qarorni har bir davlat o‘zi qabul qilishiga kelishildi. Shu tariqa ellikka yaqin mahbusdan to‘rt nafari Yevropa davlatlari (Fransiya, Vengriya, Italiya)dan boshpana oldi.

Avvalroq Irlandiya hukumati ikki nafar, Shveytsariya hukumati bir nafar o‘zbekistonlik Guantanamo mahbusini qabul qilgandi.

Suratda: Guantanamo qamoqxonasi manzarasi

 

 

 

 


 

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili respublika prokuratura idoralari tomonidan sudyalarga gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish chorasini qo‘llashni so‘rab 16610 ta iltimosnoma kiritilgan, ulardan 248 tasi rad etilgan, qolgan barcha so‘rovlar qondirilgan.

Respublika Bosh prokuraturasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar