| O’zbekiston bosh vaziri tojikistonlik hamkasbiga maktub yo‘lladi |
|
|
| 03.02.2010 y. | |
|
Ammo shunga qaramay Tojikiston hukumati mazkur murojaatlarga e'tibor qilmasdan loyihani amalga oshirishga urinishda davom etmoqda. "O'zbekiston Respublikasining mazkur masala yuzasidan qat'iy pozitsiyasi Rog‘un GES qurilishini qayta boshlashdan avval loyihani detalma-detal mustaqil ekspertizadan o‘tkazishdan iborat. Negaki, mazkur loyiha bundan 40 yil oldin eskirgan loyihaviy, konstruktorlik va texnologik qarorlar asosida ishlab chiqilgan", deyiladi bosh vazir maktubida. Maktubda mazkur loyiha Orol fojiasi oqibatida mintiqada yuzaga kelgan ekologik tang vaziyatga, Amudaryo suvining oqimi va hajmiga ta'sir qilishi mumkinligi qayd etilgan. Mintaqadagi cho‘l hududida yashovchi aholining suv bilan bog‘liq ehtiyoji esa shunga bog‘liq. Shu bilan birga, Rog‘un loyihasining texnogen fojialardan himoyalanmagani ham ta'kidlanadi. Unda aytilishicha, Rog‘un GESi yuqori seysmik mintaqada joylashgan va bu yerda 10 ballga qadar zilzilalar qayd etilgan. O'zbekiston bosh vaziri mamlakatning Rog‘un GESi borasidagi pozitsiyasi BMT, Yevropa Ittifoqi, Jahon, Osiyo va Islom taraqqiyoti baknlari, Rossiya Federatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini va BMT shafeligida mustaqil ekspertiza o‘tkazish kerakligini eslatadi. Agar murojaat inobatga olinmasa, O'zbekiston xalqaro tashkilotlarga murojaat qilishi mumkinligini qayd etadi. Avvalroq mazkur masalani O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov YXHTning Afinadagi yig‘inida, shuningdek, O'zbekistonning BMTdagi elchisi Murod Asqarov BMT anjumanida ko‘targan edi.
|
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|








NewsUz.Com. O'zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev Tojikiston bosh vaziri Oqil Oqilovga Rog‘un GES loyihasi bo‘yicha maktub yo‘lladi. Mazkur maktub Vazirlar Mahkamasining nashri - "Pravda Vostoka" gazetasida chop etilgan. Maktubda Rog‘un GESi loyihasi Markaziy Osiyoda joylashgan barcha davlatlar manfaatiga bevosita daxldor masalada ekani ta'kidlanadi. Maktubda aytilishicha, O'zbekiston hukumati avval ham Tojikiston, Rossiya davlatlari va xalqaro tashkilotlarga GES qurilishi yuzasidan mustaqil ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qilgan.