Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Iqtibos arrow O’zbekiston bosh vaziri tojikistonlik hamkasbiga maktub yo‘lladi  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Yo‘l qurilishi borasida qishloq joylarni qo‘ya turaylik, birgina Qarshi shahri ko‘chalarining ahvoli ham talab darajasida emas. Ayniqsa, suv quvurlari o‘tkazilgan joylar qazilgandan so‘ng shu holatda tashlab qo‘yilmoqda".

Sobir Tursunov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, "Adolat" partiyasi a'zosi

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
O’zbekiston bosh vaziri tojikistonlik hamkasbiga maktub yo‘lladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
03.02.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev Tojikiston bosh vaziri Oqil Oqilovga Rog‘un GES loyihasi bo‘yicha maktub yo‘lladi. Mazkur maktub Vazirlar Mahkamasining nashri - "Pravda Vostoka" gazetasida chop etilgan. Maktubda Rog‘un GESi loyihasi Markaziy Osiyoda joylashgan barcha davlatlar manfaatiga bevosita daxldor masalada ekani ta'kidlanadi. Maktubda aytilishicha, O'zbekiston hukumati avval ham Tojikiston, Rossiya davlatlari va xalqaro tashkilotlarga  GES qurilishi yuzasidan mustaqil ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida murojaat qilgan.

Ammo shunga qaramay Tojikiston hukumati mazkur murojaatlarga e'tibor qilmasdan loyihani amalga oshirishga urinishda davom etmoqda.

"O'zbekiston Respublikasining mazkur masala yuzasidan qat'iy pozitsiyasi Rog‘un GES qurilishini qayta boshlashdan avval loyihani detalma-detal mustaqil ekspertizadan o‘tkazishdan iborat. Negaki, mazkur loyiha bundan 40 yil oldin eskirgan loyihaviy, konstruktorlik va texnologik qarorlar asosida ishlab chiqilgan", deyiladi bosh vazir maktubida.

Maktubda mazkur loyiha Orol fojiasi oqibatida mintiqada yuzaga kelgan ekologik tang vaziyatga, Amudaryo suvining oqimi va hajmiga ta'sir qilishi mumkinligi qayd etilgan. Mintaqadagi cho‘l hududida yashovchi aholining suv bilan bog‘liq ehtiyoji esa shunga bog‘liq.

Shu bilan birga, Rog‘un loyihasining texnogen fojialardan himoyalanmagani ham ta'kidlanadi. Unda aytilishicha, Rog‘un GESi yuqori seysmik mintaqada joylashgan va bu yerda 10 ballga qadar zilzilalar qayd etilgan.

O'zbekiston bosh vaziri mamlakatning Rog‘un GESi borasidagi pozitsiyasi BMT, Yevropa Ittifoqi, Jahon, Osiyo va Islom taraqqiyoti baknlari, Rossiya Federatsiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini va BMT shafeligida mustaqil ekspertiza o‘tkazish kerakligini eslatadi. Agar murojaat inobatga olinmasa, O'zbekiston xalqaro tashkilotlarga murojaat qilishi mumkinligini qayd etadi.

Avvalroq mazkur masalani O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov YXHTning Afinadagi yig‘inida, shuningdek, O'zbekistonning BMTdagi elchisi Murod Asqarov BMT anjumanida ko‘targan edi.

 

 

 

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili O‘zbekistonda sigaret va papiros ishlab chiqarish 19,8 foizga o‘sdi va 10 mln. 461 ming donaga yetdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoti
 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar