Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
11.09.2010 y.
Telejurnalistlar Amerikaga safar qiladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
05.02.2010 y.

 NewsUz.Com. AQShning Toshkentdagi elchixonasi O'zbekistonda faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat telestudiyalar uchun Hamkorlikdagi televizion dastur loyihasini e'lon qiladi.  Mazkur dastur doirasida Toshkent shahri va viloyatlardagi telestudiyalar o‘z rejissyor va videooperatorlarini AQShga ikki haftagacha safar yuborishi mumkin. Ushbu muddat davomida ijodiy guruh muayyan mavzuda videofilmlar va yangilik dasturlari tayyorlaydi.

Elchixona matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avval yillardagi xalqaro terrorizm; qonunchilik; qishloq xo‘jaligi; qonunni himoya qilish; AQSh musulmonlari hayoti; immigratsiya va chegara masalalari, shuningdek, chet ellik bolalarni asrab olish; yuridik tizim; atrof-muhit masalalari; narkotrafikka qarshi kurash; kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kabi mavzular yoritilgan. 

Loyiha uchun topshirilgan arizada loyiha mavzusi, uni amalga oshirish rejasi, shuningdek, savollar va intervyu olinadigan matuxassislar haqida ma'lumot ko‘rsatilishi kerak. 

Hamkorlikdagi televizion dastur loyihasida ishtirok etish uchun telestudiya dastur davomida olingan axborotning kamida bittasini tayyorlash va praym-taymda ko‘rsatishni o‘z zimmasiga olishi kerak.  

Tanlovda g‘olib chiqqanlarga AQShdagi sarf-xarajatlar, jumladan, mamlakat ichidagi safar chiptalari, mehmonxona va ovqatlanish, vaqtinchalik tibbiy sug‘urta va boshqa xarajatlar uchun chegaralangan miqdorda moliyaviy yordam beriladi. Teleguruhlar o‘z ishtirokchilarini yaxshi ish holatida bo‘lgan jihozlar - professional telekamera, shtativ, yoritish moslamasi va audio uskunalar hamda videokassetalar bilan ta'minlashi kerak.  Telestudiyalar, shuningdek, AQShga safar uchun chipta xarajatlarini o‘z hisobidan qoplashi lozim, ayrim hollarda ushbu xarajatlarni qoplashda moliyaviy ko‘mak berilishi ham mumkin.     

Elchixona xabariga ko‘ra, Hamkorlikdagi televizion dastur loyihasi uchun arizalar topshirishning so‘nggi muddati: 1 mart, 2010 yil. Loyiha arizalari Bu e-mail spam-botlardan himoya qilingan. Uni ko'rish uchun JavaScript ochilgan bo'lishi lozim elektron manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari hududida 97 ta terrorchilik jinoyati fosh etilgan. Yil davomida 429 ta qo‘lbola portlatish moslamasi, 2,2 tonna portlovchi va 2,3 tonna zaharli moddalar musodara qilingan. 180 ta terrorchilar qarorgohi aniqlanib, 500 nafardan ziyod jangari qo‘lga olingan.

SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ma'lumoti
 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar