Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow To`rtinchi hokimiyat arrow Telejurnalistlar Amerikaga safar qiladi  
10.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Keyingi yillarda yoshlar ruhiyatida shunday bir illat paydo bo‘ldiki, bunga ota-onalar ham, jamiyat ham loqayd qaramoqda. Bu - sakrash falsafasidir. Ba'zi ota-onalar farzandlarini bir necha sinf osha "sakratib", maktabni muddatidan uch-to‘rt yil oldin bitirtirmoqchi bo‘ladi. Biroq hayotda "bir tomondan yutsa, boshqa tomondan yutqazish qonuniyati" ham bor. Bolaning ongida sakrab o‘tilgan sinflarni o‘zlashtirish zarur bo‘lgan bilim zaxirasi o‘rnida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Aslida chalamullalik sababi ham shunda".

Nusratulla Jumaxo‘jayev, filologiya fanlari doktori, professor

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Telejurnalistlar Amerikaga safar qiladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
05.02.2010 y.

 NewsUz.Com. AQShning Toshkentdagi elchixonasi O'zbekistonda faoliyat yurituvchi davlat va nodavlat telestudiyalar uchun Hamkorlikdagi televizion dastur loyihasini e'lon qiladi.  Mazkur dastur doirasida Toshkent shahri va viloyatlardagi telestudiyalar o‘z rejissyor va videooperatorlarini AQShga ikki haftagacha safar yuborishi mumkin. Ushbu muddat davomida ijodiy guruh muayyan mavzuda videofilmlar va yangilik dasturlari tayyorlaydi.

Elchixona matbuot xizmati xabariga ko‘ra, avval yillardagi xalqaro terrorizm; qonunchilik; qishloq xo‘jaligi; qonunni himoya qilish; AQSh musulmonlari hayoti; immigratsiya va chegara masalalari, shuningdek, chet ellik bolalarni asrab olish; yuridik tizim; atrof-muhit masalalari; narkotrafikka qarshi kurash; kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kabi mavzular yoritilgan. 

Loyiha uchun topshirilgan arizada loyiha mavzusi, uni amalga oshirish rejasi, shuningdek, savollar va intervyu olinadigan matuxassislar haqida ma'lumot ko‘rsatilishi kerak. 

Hamkorlikdagi televizion dastur loyihasida ishtirok etish uchun telestudiya dastur davomida olingan axborotning kamida bittasini tayyorlash va praym-taymda ko‘rsatishni o‘z zimmasiga olishi kerak.  

Tanlovda g‘olib chiqqanlarga AQShdagi sarf-xarajatlar, jumladan, mamlakat ichidagi safar chiptalari, mehmonxona va ovqatlanish, vaqtinchalik tibbiy sug‘urta va boshqa xarajatlar uchun chegaralangan miqdorda moliyaviy yordam beriladi. Teleguruhlar o‘z ishtirokchilarini yaxshi ish holatida bo‘lgan jihozlar - professional telekamera, shtativ, yoritish moslamasi va audio uskunalar hamda videokassetalar bilan ta'minlashi kerak.  Telestudiyalar, shuningdek, AQShga safar uchun chipta xarajatlarini o‘z hisobidan qoplashi lozim, ayrim hollarda ushbu xarajatlarni qoplashda moliyaviy ko‘mak berilishi ham mumkin.     

Elchixona xabariga ko‘ra, Hamkorlikdagi televizion dastur loyihasi uchun arizalar topshirishning so‘nggi muddati: 1 mart, 2010 yil. Loyiha arizalari Bu e-mail spam-botlardan himoya qilingan. Uni ko'rish uchun JavaScript ochilgan bo'lishi lozim elektron manzili bo‘yicha qabul qilinadi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

Har yili 360 ming nafar xorijlik Rossiya fuqaroligini oladi. Ularning deyarli yarmi rus millatiga mansub odamlar. Rossiya fuqaroligini olish borasida birinchi o‘rinda - Qozog‘iston, ikkinchi o‘rinda - Ukraina, uchinchi o‘rinda - O‘zbekiston turadi.

Rossiya federal migratsiya xizmati ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar