Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Turfa hodisalar arrow «Solvay Pharma» g‘irrom raqobatda ayblandi  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Ilmiy muassasalarimiz va oliy o‘quv yurtlarida jonli, qaynoq ilmiy jarayonni yuzaga keltirish muhim. Hozir esa, afsuski, goho o‘ta rasmiyatchilik bilan yondashuv tamoyili yetakchilik qilmoqda. Yuzlab ilmiy anjumanlar o‘tkaziladi, tezis va ma'ruza matnlari chop etiladi. Anjumanlarda ishtirokchilar ma'ruza qilishga arang ulguradi. Xulosalar ham oldindan tayyorlab qo‘yiladi, xo‘jako‘rsinga o‘qib eshittiriladi".

Nusratulla Jumaxo‘jayev, filologiya fanlari doktori, professor

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
«Solvay Pharma» g‘irrom raqobatda ayblandi Chop etish uchun E-mailga yuborish
05.02.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston Monopoliyaga qarshi kurash, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi «Solvay Pharma» farmatsevtika kompaniyasiga nisbatan ish ochgan. Dori-darmon kompaniyasi reklama va monopoliya qonunchiligini buzishda ayblangan. Qo‘mita tarqatgan xabarga ko‘ra,  «Solvay Pharma»  o‘zi ishlab chiqargan grippga qarshi «Inflyuvak» vaktsinasi haqidagi ma'lumotda uni boshqa kompaniyalar ishlab chiqargan davo vositalaridan mutlaqo afzal deya xulosa bergan.  

Qo‘mitaga ko‘ra, bu dori bozoridagi boshqa kompaniyalar bilan halol raqobat qoidasiga ziddir.

Ma'lum bo‘lishicha, O'zbekistonda «GlaxoSmithKline Export Limited» kompaniya ishlab chiqargan grippga qarshi «Flyuariks» vaktsinasi ham sotiladi. Shu munosabat bilan  «Solvay Pharma» kompaniyasiga ogohlantirish xati yuborilgan. O'zbekistonda 1999 yili o‘z vakolatxonasini ochgan, bosh qarorgohi Belgiyada joylashgan kompaniya respublikadagi beshta yirik farmatsevtika ishlab chiqaruvchilaridan biri sanaladi.

Avvalroq Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi O'zbekistondagi 267ta dorixona faoliyati tekshiruvi bo‘yicha tahlillarni e'lon qilgandi. Unga ko‘ra, ayrim dorixonalarda yaroqlilik muddati o‘tib ketgan va aholi sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin qalbaki dori-vositalari sotilayotganligi aniqlangan.

Suratda: Monopoliyaga qarshi kurash, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
davlat qo‘mitasi binosi

 

 

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari mamlakatga ikki millird dollarga yaqin mablag‘ yuborganlar. Jahon moliyaviy inqirozi sababli so‘nggi oylarda xorijdan mamlakatga pul oqimi 90 foizga qisqargan.

O‘zbekistondagi "Tezkor harakat guruhi" ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar