Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
07.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Keyingi yillarda yoshlar ruhiyatida shunday bir illat paydo bo‘ldiki, bunga ota-onalar ham, jamiyat ham loqayd qaramoqda. Bu - sakrash falsafasidir. Ba'zi ota-onalar farzandlarini bir necha sinf osha "sakratib", maktabni muddatidan uch-to‘rt yil oldin bitirtirmoqchi bo‘ladi. Biroq hayotda "bir tomondan yutsa, boshqa tomondan yutqazish qonuniyati" ham bor. Bolaning ongida sakrab o‘tilgan sinflarni o‘zlashtirish zarur bo‘lgan bilim zaxirasi o‘rnida bo‘shliq paydo bo‘ladi. Aslida chalamullalik sababi ham shunda".

Nusratulla Jumaxo‘jayev, filologiya fanlari doktori, professor

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Rog‘un masalasida Tojikiston pozitsiyasi o‘zgarmagan Chop etish uchun E-mailga yuborish
08.02.2010 y.

 NewsUz.Com. Tojikiston hukumati Rog‘un GESi masalasini O'zbekiston bilan muhokama qilish uchun Dushanbeda o‘zbek delegatsiyasini qabul qilishga tayyor. Bu haqda Tojikiston bosh vaziri Oqil Oqilovning O'zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoevga yozgan javob xatida ma'lum qilingan. «Xovar» rasmiy agentligi tarqatgan javob xatida O.Oqilov Tojikistonning Rog‘un borasidagi pozitsiyasini o‘zgarmasligini bildirgan.

Shuningdek, u Rog‘un suv omborini to‘ldirish uchun olinayotgan suv 15 yil davomida yig‘ilgan va Tojikistonga tegishli limit ekanini bildirgan. Tojikiston bosh vaziri mazkur loyihaning mintaqadagi insonlar hayotiga salbiy ta'sir qilishi mumkinligini rad etgan.

Avval xabar berganimizdek, 2010 yilning 3 fevralida O'zbekiston hukumati rahbari tojikistonlik hamkasbiga Rog‘un GESi qurilishi masalasida rasmiy xat yo‘llagandi.

"O'zbekiston Respublikasining mazkur masala yuzasidan qat'iy pozitsiyasi Rog‘un GES qurilishini qayta boshlashdan avval loyihani detalma-detal mustaqil ekspertizadan o‘tkazishdan iborat. Negaki, mazkur loyiha bundan 40 yil oldin eskirgan loyihaviy, konstruktorlik va texnologik qarorlar asosida ishlab chiqilgan", deyiladi bosh vazir maktubida.

Maktubda mazkur loyiha Orol fojiasi oqibatida mintiqada yuzaga kelgan ekologik tang vaziyatga, Amudaryo suvining oqimi va hajmiga ta'sir qilishi mumkinligi qayd etilgan. Mintaqadagi cho‘l hududida yashovchi aholining suv bilan bog‘liq ehtiyoji esa shunga bog‘liq.

Shu bilan birga, Rog‘un loyihasining texnogen fojialardan himoyalanmagani ham ta'kidlanadi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari hududida 97 ta terrorchilik jinoyati fosh etilgan. Yil davomida 429 ta qo‘lbola portlatish moslamasi, 2,2 tonna portlovchi va 2,3 tonna zaharli moddalar musodara qilingan. 180 ta terrorchilar qarorgohi aniqlanib, 500 nafardan ziyod jangari qo‘lga olingan.

SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ma'lumoti
 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar