Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Siyosat arrow Rog‘un masalasida Tojikiston pozitsiyasi o‘zgarmagan  
10.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Hozir, taassufki, ayrimlar harom yo‘l bilan pul topishni fazilat deb biladi. Maoshi hemiri-yu, dang‘illama hovlilar qurgan (va har ehtimolga qarshi birovning nomiga o‘tkazgan), "amriqoncha" millionlarni pasqam joylarga taxlab qo‘yganlar ham kam emas. Eng chatog‘i, ba'zi birovlarda "mansab - harom-harish yo‘l bilan pul topish manbai" degan fikr paydo bo‘lyapti. Bu juda yomon".

Usmon Azim, O‘zbekiston xalq shoiri

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Rog‘un masalasida Tojikiston pozitsiyasi o‘zgarmagan Chop etish uchun E-mailga yuborish
08.02.2010 y.

 NewsUz.Com. Tojikiston hukumati Rog‘un GESi masalasini O'zbekiston bilan muhokama qilish uchun Dushanbeda o‘zbek delegatsiyasini qabul qilishga tayyor. Bu haqda Tojikiston bosh vaziri Oqil Oqilovning O'zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoevga yozgan javob xatida ma'lum qilingan. «Xovar» rasmiy agentligi tarqatgan javob xatida O.Oqilov Tojikistonning Rog‘un borasidagi pozitsiyasini o‘zgarmasligini bildirgan.

Shuningdek, u Rog‘un suv omborini to‘ldirish uchun olinayotgan suv 15 yil davomida yig‘ilgan va Tojikistonga tegishli limit ekanini bildirgan. Tojikiston bosh vaziri mazkur loyihaning mintaqadagi insonlar hayotiga salbiy ta'sir qilishi mumkinligini rad etgan.

Avval xabar berganimizdek, 2010 yilning 3 fevralida O'zbekiston hukumati rahbari tojikistonlik hamkasbiga Rog‘un GESi qurilishi masalasida rasmiy xat yo‘llagandi.

"O'zbekiston Respublikasining mazkur masala yuzasidan qat'iy pozitsiyasi Rog‘un GES qurilishini qayta boshlashdan avval loyihani detalma-detal mustaqil ekspertizadan o‘tkazishdan iborat. Negaki, mazkur loyiha bundan 40 yil oldin eskirgan loyihaviy, konstruktorlik va texnologik qarorlar asosida ishlab chiqilgan", deyiladi bosh vazir maktubida.

Maktubda mazkur loyiha Orol fojiasi oqibatida mintiqada yuzaga kelgan ekologik tang vaziyatga, Amudaryo suvining oqimi va hajmiga ta'sir qilishi mumkinligi qayd etilgan. Mintaqadagi cho‘l hududida yashovchi aholining suv bilan bog‘liq ehtiyoji esa shunga bog‘liq.

Shu bilan birga, Rog‘un loyihasining texnogen fojialardan himoyalanmagani ham ta'kidlanadi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

Janubiy Koreya O‘zbekiston  uchun muhim iqtisodiy hamkor. Buni mamlakatlar o‘rtasidagi delegatsiya almashuvi ko‘pligidan ham bilsa bo‘ladi. Birgina 2008 yili Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga 80 ta delegatsiya kelgan.

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar