| Chegarani buzib o‘tgan askar |
|
|
| 09.02.2010 y. | |
|
Agentlikning ma'lum qilishicha, shu kuni 25 nafar Tojikiston askari ikki nafar ofitser boshchiligida xalqaro me'yorlarni buzgan holda Havotog‘ chegara punkti orqali O'zbekiston hududiga o‘tgan va qo‘lga olingan askarni ozod qilishni talab qilgan. O'z navbatida Tojikiston chegara qo‘shinlari mazkur ma'lumotni rad etgan. Ularga ko‘ra, tojik askari chegarani buzib o‘tib ketgan sigirni qaytarish uchun O'zbekiston sarhadini kesib o‘tishga majbur bo‘lgan. Shuningdek, Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi 25 nafar harbiyning chegarani buzib o‘tgan holda hibsdagi askarni ozod etishni talab qilgani ma'lumotini ham rad etgan.
Shu mavzudagi materiallar: Tojikiston orqali yuk tashish man etiladi. 05.01.2010 y. Chegaralar 10 sentabrga qadar yopilgan. 28.08.2009 y. |
| Keyingi » |
|---|








NewsUz.Com. 2010 yilning 6 fevralida Jizzax viloyati Yangiobod tumaniga yaqin hududda chegarani buzib o‘tgan Tojikiston askari qo‘lga olingan. Bu haqda Regnum axborot agentligi O'zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati davlat chegaralarini qo‘riqlash qo‘mitasiga tayanib xabar beradi. Agentlik xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan askar komandirlari buyrug‘i bilan O'zbekiston fuqarolariga tegishli chorva mollaridan o‘g‘irlash maqsadida chegaradan o‘tganini tan olgan.