Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
11.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Soya"da qolgan xoli mablag‘larni iqtisodiyotning real sektoriga jalb etish uchun birinchi navbatda banklar faoliyatidagi qulayliklar va imtiyozlarning real natijalari xususida ko‘proq ma'lumot tarqatish, banklarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, hisobraqamlarda mablag‘larning hech qanday to‘siqlarsiz, istalgan muddatda hisob-kitob qilinishiga erishish talab etiladi".

Abbosxon Ahmedov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Fotograf jazodan ozod etildi Chop etish uchun E-mailga yuborish
11.02.2010 y.

 NewsUz.Com. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudi taniqli fotograf Umida Ahmedovani tuhmat va haqorat bilan bog‘liq jinoyatarda aybdor deb topdi, ammo jazodan ozod qildi. BBC tarqatgan xabarga ko‘ra, U. Ahmedovaning uch farzandning onasi ekanligi, o‘z sohasida qilgan ishini inobatga olib, u avf etilgan. Uning o‘zi sudning "aybdor" deb topgan qarori yuzasidan shikoyat yozishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Umida Ahmedova Shveytsariya elchixonasining gender dasturi doirasida chiqargan to‘plam va filmlari sababli jinoiy ishga jalb etilgan. Xususan, u 2007 yili elchixona dasturi doirasida "Ayollar va erkaklar: subhdan shomga qadar" deb atalgan fotoalbom chop ettirgan. Mazkur to‘plamdan O'zbekistonning turli hududlarida yashovchi insonlar hayoti aks etgan 110ga yaqin surat o‘rin olgan. O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi Umida Ahmedova o‘z fotosuratlari orqali o‘zbek xalqiga tuhmat va haqorat qilgan degan xulosaga kelgan va bu haqda ichki ishlar idorasiga taqdimnoma kiritgan. Shu asosda Mirobod tumani ichki ishlar boshqarmasi Umida Ahmedovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 139- (tuhmat) va 140- (haqorat) moddalari bo‘yicha ish ochgan.

Mazkur voqea munosabati bilan O'zbekiston, Rossiya, Kanada, Amerika va Yevropa mamlakatlarilik fotograf, rassom va san'atshunoslar O'zbekiston Tashqi ishlar va Ichki ishlar vazirliklariga murojaat bilan chiqqan. Mazkur murojaatda Umida Ahmedovaning ishlarida o‘zbek xalqiga tuhmat va haqorat yo‘qligi, ijod erkinligini hurmat qilish joizligi eslatilgan.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili Shanxay Hamkorlik Tashkiloti davlatlari hududida 97 ta terrorchilik jinoyati fosh etilgan. Yil davomida 429 ta qo‘lbola portlatish moslamasi, 2,2 tonna portlovchi va 2,3 tonna zaharli moddalar musodara qilingan. 180 ta terrorchilar qarorgohi aniqlanib, 500 nafardan ziyod jangari qo‘lga olingan.

SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ma'lumoti
 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar