| Koreya 12 million dollar moliyaviy ko‘mak rejalashtirmoqda |
|
|
| 12.02.2010 y. | |
NewsUz.Com. 11 fevral kuni O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Seulda Janubiy Koreya Prezidenti Li Myon Bak bilan uchrashdi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, prezidentlar madaniyat, sport va turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olganlar. Li Myon Bak muzokaralar davomida Janubiy Koreya O'zbekistonga sog‘liqni saqlash, ta'lim, sanoat sohalarida yordamni ko‘paytirishini ma'lum qilgan. Koreya matbuoti xabariga ko‘ra...
Janubiy Koreya O'zbekistonga 12 mln.dollar miqdorida moliyaviy ko‘mak berishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Janubiy Koreya O'zbekistonni 2010 yilda bilimlar almashuv bo‘yicha dastur doirasida asosiy hamkor davlat sifatida tanlagan. O'zbekiston rahbarining Janubiy Koreyaga safari doirasida Seul shahri va Toshkent shahri hokimlari Toshkent shahrida 2012 yilgacha Seul xiyobonini qurish haqidagi hujjatni imzolaganlar. Shartnomaga ko‘ra, Toshkent shahar hokimiyati bog‘ uchun yer, Seul shahri hokimiyati esa mablag‘ ajratadi. O'zbekistonga 2009 yilning mayida Koreya Prezidenti Li Myon Bak tashrif bilan kelgan. Koreya O'zbekistonning strategik hamkorlardan biri sanaladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreya O'zbekistonga 2 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritgan. Ayni paytda O'zbekistonda Koreya sarmoyasi ishtirokida 351ta korxona faoliyat yuritmoqda.
|
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|