Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
11.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Soya"da qolgan xoli mablag‘larni iqtisodiyotning real sektoriga jalb etish uchun birinchi navbatda banklar faoliyatidagi qulayliklar va imtiyozlarning real natijalari xususida ko‘proq ma'lumot tarqatish, banklarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, hisobraqamlarda mablag‘larning hech qanday to‘siqlarsiz, istalgan muddatda hisob-kitob qilinishiga erishish talab etiladi".

Abbosxon Ahmedov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Toshkentda Mark Vayl ishi bo‘yicha sud boshlandi Chop etish uchun E-mailga yuborish
12.02.2010 y.

 NewsUz.Com. Toshkentdagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlaridan birida "Ilhom" teatri badiiy rahbari Mark Vaylni o‘ldirganlikda ayblanayotgan to‘rt nafar shaxs ustidan sud jarayoni boshlandi. CA-news agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Tojikiston fuqarosi Yoqub G'afurov, shuningdek, Po‘latov, Sattorov va Rossiya fuqarosi aytilayotgan Ishoqov kabi to‘rt shaxsga ayblov e'lon qilingan. Agar qotillik aybi tasdiqlansa, ularga yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi mumkin.

Ayrim axborot agentliklariga ko‘ra, cudlanuvchilarga "Ilhom" teatrida namoyish etilgan "Qur'onga taqlid" asari yoqmagan bo‘lishi va qotillikka undagan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, jinoyatga maishiy masalalar sabab bo‘lgan degan qarash ham bor.

Toshkentdagi "Ilhom" teatrining asoschisi, rejissyor Mark Vayl 2007 yilning 6 sentyabrida o‘ldirib ketilgan. U uyi yaqinida pichoqlangan va shifoxonada vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

O‘zbekistonda 2015 yilga qadar birinchi toifali milliy avtomagistral quriladi. Magistral uchun ketadigan 2,6 mlrd. dollar mablag‘ hukumat g‘aznasi, respublika yo‘l jamg‘armasi, Osiyo taraqqiyot banki va Xitoy kreditlari hisobidan qoplanadi. Loyiha doirasida 18 ta yirik, 600 ta o‘rta va kichik hajmdagi ko‘priklar bunyod etiladi.

"O‘zavtoyo`l" idorasi ma'lumoti
 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar