Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
11.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida ham ko‘p ish qilishimiz lozimligini unutmasligimiz kerak. Ayniqsa, ba'zida rasmiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma'lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo‘shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo‘lib kelayotganini ko‘rsatadi".

Islom Karimov, O‘zbekiston Prezidenti

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Yulduz Oripovadan 55 ming dollar undiriladi Chop etish uchun E-mailga yuborish
16.02.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripovning qizi, taniqli telejurnalist Yulduz Oripova Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan firibgarlik jinoyatida aybdor deb topildi. ÑA-news agentligi xabariga ko‘ra, Y.Oripovaga amnistiya akti qo‘llanilgan va u ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq jazodan ozod etilgan. Sud qaroriga ko‘ra, undan fuqarolik tartibida 55 ming AQSh dollar undirilishi belgilangan.

Xabarda Yulduz Oripova ustidan shikoyat qilish niyatida bo‘lgan boshqa da'vogarlar ham borligi aytiladi.

Avvalroq "Ezgulik" jamiyati Yulduz Oripova Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani xalq ta'limi bo‘limiga qarashli til o‘rgatish markazi direktori Nodira Xo‘jayorova vositasida Toshkent shahar Bobur ko‘chasi 87/1-b-uyda yashovchi pedagog Shofozil G'oyibnazarovdan 25000 AQSh dollari, Bulung‘ur tumani Sohibkor fuqarolar yig‘inida yashovchi Sa'din Ibragimovdan 8500 AQSh dollari, qibraylik G'anisher Irgashevdan 2000 AQSh dollari, chirchiqlik Muhabbat Dilovarovadan 2500 AQSh dollari (yigirmaga yaqin fuqarodan jami 55000 AQSh dollari) miqdoridagi pulni talabalarni oliy o‘quv yurtlariga kiritish bahonasi bilan olib, qaytarib bermagani haqida xabar bergandi.

 
Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili O‘zbekistonda 249 mingta nikoh va 16,1 mingta ajrashish ro‘yxatga oling. Bu esa 1000 kishiga 9,1 nikoh va 0,6 ta ajrashish to‘g‘ri keladi, demakdir.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar