| Yulduz Oripovadan 55 ming dollar undiriladi |
|
|
| 16.02.2010 y. | |
|
Xabarda Yulduz Oripova ustidan shikoyat qilish niyatida bo‘lgan boshqa da'vogarlar ham borligi aytiladi. Avvalroq "Ezgulik" jamiyati Yulduz Oripova Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani xalq ta'limi bo‘limiga qarashli til o‘rgatish markazi direktori Nodira Xo‘jayorova vositasida Toshkent shahar Bobur ko‘chasi 87/1-b-uyda yashovchi pedagog Shofozil G'oyibnazarovdan 25000 AQSh dollari, Bulung‘ur tumani Sohibkor fuqarolar yig‘inida yashovchi Sa'din Ibragimovdan 8500 AQSh dollari, qibraylik G'anisher Irgashevdan 2000 AQSh dollari, chirchiqlik Muhabbat Dilovarovadan 2500 AQSh dollari (yigirmaga yaqin fuqarodan jami 55000 AQSh dollari) miqdoridagi pulni talabalarni oliy o‘quv yurtlariga kiritish bahonasi bilan olib, qaytarib bermagani haqida xabar bergandi. |
| Keyingi » |
|---|



NewsUz.Com. O'zbekiston qahramoni va xalq shoiri Abdulla Oripovning qizi, taniqli telejurnalist Yulduz Oripova Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan firibgarlik jinoyatida aybdor deb topildi. ÑA-news agentligi xabariga ko‘ra, Y.Oripovaga amnistiya akti qo‘llanilgan va u ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq jazodan ozod etilgan. Sud qaroriga ko‘ra, undan fuqarolik tartibida 55 ming AQSh dollar undirilishi belgilangan.