Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
11.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Hozir, taassufki, ayrimlar harom yo‘l bilan pul topishni fazilat deb biladi. Maoshi hemiri-yu, dang‘illama hovlilar qurgan (va har ehtimolga qarshi birovning nomiga o‘tkazgan), "amriqoncha" millionlarni pasqam joylarga taxlab qo‘yganlar ham kam emas. Eng chatog‘i, ba'zi birovlarda "mansab - harom-harish yo‘l bilan pul topish manbai" degan fikr paydo bo‘lyapti. Bu juda yomon".

Usmon Azim, O‘zbekiston xalq shoiri

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Tamaki savdosi qonunan cheklanadi Chop etish uchun E-mailga yuborish
17.02.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekistonda spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini yoshlar orasida sotish va tarqatish qonun darajasida cheklanishi mumkin. Regnum axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, hukumatning tegishli idoralarida bu to‘g‘rida qonun hujjati tayyorlanmoqda. Mazkur qonun loyihasi bilan tamaki va spirtli ichimliklarni sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ta'lim muassasalari binosida sotish taqiqlanadi.

Shuningdek, mazkur qonun loyihasiga ko‘ra davlat muassasalari, jamoat joylari, aeroport va vokzallar, umumiy ovqatlanish va savdo maskanlari, ish joylarida chekish man etiladi. Faqatgina maxsus belgilangan joylardagina chekishga ruxsat beriladi.

Mazkur tartibni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etganlarga Ma'muriy va Jinoyat kodeksida belgilangan jazo choralari ham kuchaytiriladi.

O'zbekistonda 2010 yil Barkamol avlod yili deb e'lon qilingan va bu bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilingan. Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari savdosi bo‘yicha cheklovlar ham mazkur dastur doirasida joriy etilmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, O'zbekiston aholisining 60 foizdan oshiqrog‘in yoshlar tashkil qiladi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili O'zbekistonda 106 ta sudya intizomiy jazo oldi, uch nafar sudyaning vakolati muddatdan oldin to‘xtatildi, to‘rt nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortildi.

O'zbekiston Oliy sudi hay'ati majlisi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar