| Tamaki savdosi qonunan cheklanadi |
|
|
| 17.02.2010 y. | |
|
Shuningdek, mazkur qonun loyihasiga ko‘ra davlat muassasalari, jamoat joylari, aeroport va vokzallar, umumiy ovqatlanish va savdo maskanlari, ish joylarida chekish man etiladi. Faqatgina maxsus belgilangan joylardagina chekishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etganlarga Ma'muriy va Jinoyat kodeksida belgilangan jazo choralari ham kuchaytiriladi. O'zbekistonda 2010 yil Barkamol avlod yili deb e'lon qilingan va bu bo‘yicha Davlat dasturi qabul qilingan. Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari savdosi bo‘yicha cheklovlar ham mazkur dastur doirasida joriy etilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, O'zbekiston aholisining 60 foizdan oshiqrog‘in yoshlar tashkil qiladi. |
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|



NewsUz.Com. O'zbekistonda spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini yoshlar orasida sotish va tarqatish qonun darajasida cheklanishi mumkin. Regnum axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, hukumatning tegishli idoralarida bu to‘g‘rida qonun hujjati tayyorlanmoqda. Mazkur qonun loyihasi bilan tamaki va spirtli ichimliklarni sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ta'lim muassasalari binosida sotish taqiqlanadi.