| Nazarboyev O’zbekistonga tashrif buyuradi |
|
|
| 18.02.2010 y. | |
|
Regnum agentligiga ko‘ra, R.Azimov davlat rahbarlari uchrashuvini yuqori darajada o‘tkazish muhimligini ta'kidlagan. U.Shukeev O'zbekistonni strategik hamkor deb atagan. Qozog‘iston savdo va sanoat vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ikki davlat tashqi savdo aylanmasi 2009 yilda 33,3% ga pasaygan va 1,2 mlrd. dollarni tashkil etgan. Qozog‘iston O'zbekistondan asosan gaz, uglevodorodlar, O'zbekiston Qozog‘istondan un va neft mahsulotlari sotib olgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar ikki davlat rahbarlarining umumiy hisobda oltita rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.
Shu mavzudagi material: Ikki yillik sarhisob mavridi. 20.04.2008 y. |
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|








NewsUz.Com. 17 fevral kuni Qozog‘istoning Almati shahrida O'zbekiston va Qozog‘iston hukumatlararo komissiyasi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida bir qator masalalar jumladan Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning O'zbekistonga tashrifi masalasi muhokama qilingan. Muzokaralarni O'zbekiston nomidan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov, Qozog‘iston tomonidan esa bosh vazir o‘rinbosari Umirzoq Shukeev olib borgan.