Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Siyosat arrow Nazarboyev O’zbekistonga tashrif buyuradi  
11.09.2010 y.
Nazarboyev O’zbekistonga tashrif buyuradi Chop etish uchun E-mailga yuborish
18.02.2010 y.

 NewsUz.Com. 17 fevral kuni Qozog‘istoning Almati shahrida O'zbekiston va Qozog‘iston hukumatlararo komissiyasi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida bir qator masalalar jumladan Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning O'zbekistonga tashrifi masalasi muhokama qilingan. Muzokaralarni O'zbekiston nomidan bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov, Qozog‘iston tomonidan esa bosh vazir o‘rinbosari Umirzoq Shukeev olib borgan.

Regnum agentligiga ko‘ra, R.Azimov davlat rahbarlari uchrashuvini yuqori darajada o‘tkazish muhimligini ta'kidlagan. U.Shukeev O'zbekistonni strategik hamkor deb atagan.

Qozog‘iston savdo va sanoat vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ikki davlat tashqi savdo aylanmasi 2009 yilda 33,3% ga pasaygan va 1,2 mlrd. dollarni tashkil etgan. Qozog‘iston O'zbekistondan asosan gaz, uglevodorodlar, O'zbekiston Qozog‘istondan un va neft mahsulotlari sotib olgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar ikki davlat rahbarlarining umumiy hisobda oltita rasmiy tashrifi amalga oshirilgan.

 

Shu mavzudagi material:

Ikki yillik sarhisob mavridi. 20.04.2008 y.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

O‘zbekistonda ayni paytda 29 ta tijorat banki va uning 800 ta filiali, 2200 ta minibank, 124 ta kredit tashkiloti, 189 ta axborot-maslahat markazi, 269 ta konsalting markazi, 497 ta auditorlik firmasi, 149 ta baholash tashkiloti, tovar xomashyo birjasining 220 ta savdo maydoni, 1377 ta brokerlik idorasi ishlab turibdi.

O‘zbekiston monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar