Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Siyosat arrow Richard Xolbruk O’zbekiston Prezidenti bilan uchrashdi  
11.09.2010 y.
Richard Xolbruk O’zbekiston Prezidenti bilan uchrashdi Chop etish uchun E-mailga yuborish
19.02.2010 y.

 NewsUz.Com. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov 19 fevral kuni AQShning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbrukni qabul qildi. Gazeta.uz caytining Amerika elchixonasiga tayanib xabar berishicha, uchrashuvda ikki davlatni qiziqtirgan masalalar, jumladan, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish muhokama qilingan. R.Xolbruk 17 fevraldan buyon Markaziy Osiyo bo‘ylab safarda yuribdi.

Tashrif dasturiga Afg‘oniston, Pokiston, Qirg‘iziston, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston davlatlariga safar kiritilgan.

2009 yilning dekabrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonga borgan va shu tariqa O'zbekiston-Amerika siyosiy muloqotining yangi bosqichi boshlangandi. Vashington vakilining ushbu tashrifi ham mazkur siyosiy muloqotlar doirasida amalga oshirilmoqda.

Richard Xolbruk 2009 yilning yanvarida AQShning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlangan.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

Janubiy Koreya O‘zbekiston  uchun muhim iqtisodiy hamkor. Buni mamlakatlar o‘rtasidagi delegatsiya almashuvi ko‘pligidan ham bilsa bo‘ladi. Birgina 2008 yili Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga 80 ta delegatsiya kelgan.

Tashqi ishlar vazirligi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar