| “AQSh O’zbekistonda harbiy baza ochmoqchi emas” |
|
|
| 23.02.2010 y. | |
NewsUz.Com. "AQSh 2005 yili diplomatik mojaro sababli yopilgan O'zbekistondagi harbiy bazani qayta ochish niyatida emas", dedi Amerikaning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbruk Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan safari yakunida. Reuters axborot agentligi xabariga ko‘ra, amerikalik diplomat O'zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yuklarni olib o‘tishga yo‘l ochib berganini ta'kidlagan.
Qarshi shahri yaqinidagi Amerika harbiy bazasi 2001 yili ochilgan edi. 2005 yili Amerika va O'zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashuvi bilan u yopilgandi. Richard Xolbruk 19 fevral kuni O'zbekistonga keldi va O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi. Tashrif davomida u Afg‘oniston, Pokiston, Qirg‘iziston, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston davlatlarida bo‘ldi. 2009 yilning dekabrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonga borgan va shu tariqa O'zbekiston-Amerika siyosiy muloqotining yangi bosqichi boshlangandi. Vashington vakilining ushbu tashrifi ham mazkur siyosiy muloqotlar doirasida amalga oshirilgan. |
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|