Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Iqtibos arrow “AQSh O’zbekistonda harbiy baza ochmoqchi emas”  
11.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Hozir, taassufki, ayrimlar harom yo‘l bilan pul topishni fazilat deb biladi. Maoshi hemiri-yu, dang‘illama hovlilar qurgan (va har ehtimolga qarshi birovning nomiga o‘tkazgan), "amriqoncha" millionlarni pasqam joylarga taxlab qo‘yganlar ham kam emas. Eng chatog‘i, ba'zi birovlarda "mansab - harom-harish yo‘l bilan pul topish manbai" degan fikr paydo bo‘lyapti. Bu juda yomon".

Usmon Azim, O‘zbekiston xalq shoiri

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
“AQSh O’zbekistonda harbiy baza ochmoqchi emas” Chop etish uchun E-mailga yuborish
23.02.2010 y.
 NewsUz.Com. "AQSh 2005 yili diplomatik mojaro sababli yopilgan O'zbekistondagi harbiy bazani qayta ochish niyatida emas", dedi Amerikaning Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Richard Xolbruk Markaziy Osiyo davlatlariga qilgan safari yakunida. Reuters axborot agentligi xabariga ko‘ra, amerikalik diplomat O'zbekiston Afg‘onistonga gumanitar yuklarni olib o‘tishga yo‘l ochib berganini ta'kidlagan.

 Qarshi shahri yaqinidagi Amerika harbiy bazasi 2001 yili ochilgan edi. 2005 yili Amerika va O'zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashuvi bilan u yopilgandi.

Richard Xolbruk 19 fevral kuni O'zbekistonga keldi va O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashdi. Tashrif davomida u Afg‘oniston, Pokiston, Qirg‘iziston, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘iston davlatlarida bo‘ldi.

2009 yilning dekabrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonga borgan va shu tariqa O'zbekiston-Amerika siyosiy muloqotining yangi bosqichi boshlangandi. Vashington vakilining ushbu tashrifi ham mazkur siyosiy muloqotlar doirasida amalga oshirilgan.

Xonoboddagi baza qayta tiklanishi xususidagi ovozalar avval ham tarqalgan va rad etilgandi.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

O‘zbekistonda ayni paytda 29 ta tijorat banki va uning 800 ta filiali, 2200 ta minibank, 124 ta kredit tashkiloti, 189 ta axborot-maslahat markazi, 269 ta konsalting markazi, 497 ta auditorlik firmasi, 149 ta baholash tashkiloti, tovar xomashyo birjasining 220 ta savdo maydoni, 1377 ta brokerlik idorasi ishlab turibdi.

O‘zbekiston monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar