Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
11.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Myanma, Xitoy, Kuba, Misr, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni, Suriya, Tunis, Turkmanistan, O‘zbekiston va Vetnamda internet orqali tarqatilayotgan yangiliklar senzura qilinadi, muntazam ravishda kuzatib boriladi, bu esa foydalanuvchilarga noqulayliklar tug‘diradi".

"Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining internet dushmanlari to‘g‘risidagi hisobotidan

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Qizamiqqa qarshi emlash Chop etish uchun E-mailga yuborish
23.02.2010 y.
 NewsUz.Com. O'zbekistondagi barcha davolash-profilaktika muassasalari shay holatga keltirildi. Respublikaning 8,2 million aholisi qizamiq va qizilchaga qarshi emlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi sanatariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi xabar beradi. Shu maqsadda 5664 tibbiy brigadalar tuzilgan, 8,7 mln dona vaktsina va bir martalik shpritslar sotib olingan.

Yoppasiga emlash tadbiri Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMT Bolalar jamg‘armasi, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Bunga qadar 2006 yilning dekabrida USAID va UNISEF ko‘magida 11-29 yosh oralig‘idagi 680 ming yoshlarni qizilcha va qizamiqqa qarshi emlash amalga oshirilgan.

Mutaxassislarga ko‘ra, qizamiq o‘pka yallig‘lanishi, asab tizimining shikastlanishi, karlik va ko‘zi ojizlik kabi asoratlar, qizilcha esa homilador ayol uchun bola tashlash, uning farzandi uchun ko‘zi ojizlik, karlik va yurak porogi singari tug‘ma majruhliklarga olib keladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 300 mingga yaqin bola qizilcha tufayli nogiron bo‘lib qolmoqda.

 
« Oldingi   Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili O‘zbekistonda sigaret va papiros ishlab chiqarish 19,8 foizga o‘sdi va 10 mln. 461 ming donaga yetdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoti
 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar