| Qizamiqqa qarshi emlash |
|
|
| 23.02.2010 y. | |
NewsUz.Com. O'zbekistondagi barcha davolash-profilaktika muassasalari shay holatga keltirildi. Respublikaning 8,2 million aholisi qizamiq va qizilchaga qarshi emlanadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi sanatariya-epidemiologiya nazorati bosh boshqarmasi xabar beradi. Shu maqsadda 5664 tibbiy brigadalar tuzilgan, 8,7 mln dona vaktsina va bir martalik shpritslar sotib olingan.
Yoppasiga emlash tadbiri Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMT Bolalar jamg‘armasi, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar ko‘magida amalga oshirilmoqda. Bunga qadar 2006 yilning dekabrida USAID va UNISEF ko‘magida 11-29 yosh oralig‘idagi 680 ming yoshlarni qizilcha va qizamiqqa qarshi emlash amalga oshirilgan. Mutaxassislarga ko‘ra, qizamiq o‘pka yallig‘lanishi, asab tizimining shikastlanishi, karlik va ko‘zi ojizlik kabi asoratlar, qizilcha esa homilador ayol uchun bola tashlash, uning farzandi uchun ko‘zi ojizlik, karlik va yurak porogi singari tug‘ma majruhliklarga olib keladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 300 mingga yaqin bola qizilcha tufayli nogiron bo‘lib qolmoqda. |
| « Oldingi | Keyingi » |
|---|