| Ta’lim vazirlari ishdan ketdi |
|
|
| 01.03.2010 y. | |
NewsUz.Com. O'zbekiston Prezidentining farmoni bilan ta'limga mas'ul ikki mansabdor - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Azimjon Parpiev hamda Xalq ta'limi vaziri G'ayrat Shoumarov lavozimdan bo‘shatildi bu haqda gazeta.uz nashri gov.uz hukumat portaliga tayanib xabar beradi.Azimjon Parpiev 2008 yilning yanvaridan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, G'ayrat Shoumarov esa 2008 yilning aprelidan Xalq ta'limi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi. Ayni paytda mazkur ikki lavozim vakant bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, davlat mulk qo‘mitasi, geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi hamda monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisligi ham bo‘sh turibdi. |
| Keyingi » |
|---|



NewsUz.Com. O'zbekiston Prezidentining farmoni bilan ta'limga mas'ul ikki mansabdor - Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Azimjon Parpiev hamda Xalq ta'limi vaziri G'ayrat Shoumarov lavozimdan bo‘shatildi bu haqda gazeta.uz nashri gov.uz hukumat portaliga tayanib xabar beradi.Azimjon Parpiev 2008 yilning yanvaridan Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, G'ayrat Shoumarov esa 2008 yilning aprelidan Xalq ta'limi vaziri lavozimida ishlab kelayotgandi.