| Toshkentda sog‘liqni saqlash bo‘yicha seminar |
|
|
| 01.03.2010 y. | |
NewsUz.Com. 1 mart kuni Toshkentda O'zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Germaniya va AQSh sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminar boshlandi. To‘rt kun davom etadigan seminarda ishtirokchi davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolari xususida fikr almashiladi, deb xabar beradi Amerika elchixonasi matbuot xizmati.
Yetakchi ekspertlar taklif etilgan seminar O'zbekiston Mudofaa va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, AQSh Markaziy qo‘mondonlik bosh harbiy vrachi xizmati va Jorj Marshall nomidagi Yevropa Xavfsizlik tadqiqotlari markazi hamkorligida tashkil etilgan. Sog‘liqni saqlash xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan oldingi mintaqaviy seminarlar 2008 va 2009 yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, ularda asosiy e'tibor sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishda mintaqaviy kommunikatsiya va hamkorlik zaruratiga qaratilgan edi. Ushbu konferentsiyada esa harbiy-profilaktik tibbiyot/qurolli kuchlar sog‘lig‘ini hamoyalash; falokatlar tibbiyotini, xususan, falokat va favqulodda tibbiy sistemalar va falokatdan so‘nggi ruhiy salomatlik muhofazasini takomillashtirish; gripp singari paydo bo‘lib turadigan yuqumli kasalliklar muhokama qilinadi, shuning barobarida ilg‘or amaliyot, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari (XTSQ) va o‘sha qoidalar talablarida qayd etilgan xavf-xatarlarga maxsus e'tibor qaratiladi. Marshall nomidagi markaz AQSh va Germaniya Mudofaa vazirliklarining xavfsizlik va mudofaa tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi institutidir. Markaz 1993 yili ochilgandan beri dunyoning 100dan oshiq mamlakatidan 6000dan oshiq harbiy va fuqaro amaldori undagi kurslarni tamomladi. |
| Keyingi » |
|---|