Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa arrow Turfa hodisalar arrow Toshkentda sog‘liqni saqlash bo‘yicha seminar  
11.09.2010 y.
Toshkentda sog‘liqni saqlash bo‘yicha seminar Chop etish uchun E-mailga yuborish
01.03.2010 y.
 NewsUz.Com. 1 mart kuni Toshkentda O'zbekiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Germaniya va AQSh sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislari ishtirokida xalqaro seminar boshlandi. To‘rt kun davom etadigan seminarda ishtirokchi davlatlarning sog‘liqni saqlash sohasidagi muammolari xususida fikr almashiladi, deb xabar beradi Amerika elchixonasi matbuot xizmati.

Yetakchi ekspertlar taklif etilgan seminar O'zbekiston Mudofaa va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, AQSh Markaziy qo‘mondonlik bosh harbiy vrachi xizmati va Jorj Marshall nomidagi Yevropa Xavfsizlik tadqiqotlari markazi hamkorligida tashkil etilgan.

Sog‘liqni saqlash xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan oldingi mintaqaviy seminarlar 2008 va 2009 yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, ularda asosiy e'tibor sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilishda mintaqaviy kommunikatsiya va hamkorlik zaruratiga qaratilgan edi. Ushbu konferentsiyada esa harbiy-profilaktik tibbiyot/qurolli kuchlar sog‘lig‘ini hamoyalash; falokatlar tibbiyotini, xususan, falokat va favqulodda tibbiy sistemalar va falokatdan so‘nggi ruhiy salomatlik muhofazasini takomillashtirish; gripp singari paydo bo‘lib turadigan yuqumli kasalliklar muhokama qilinadi, shuning barobarida ilg‘or amaliyot, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalari (XTSQ) va o‘sha qoidalar talablarida qayd etilgan xavf-xatarlarga maxsus e'tibor qaratiladi.

Marshall nomidagi markaz AQSh va Germaniya Mudofaa vazirliklarining xavfsizlik va mudofaa tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi institutidir. Markaz 1993 yili ochilgandan beri dunyoning 100dan oshiq mamlakatidan 6000dan oshiq harbiy va fuqaro amaldori undagi kurslarni tamomladi.

 
Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

2008 yili O‘zbekistonda sigaret va papiros ishlab chiqarish 19,8 foizga o‘sdi va 10 mln. 461 ming donaga yetdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumoti
 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar