Dunyoni shaffof suvdek toza axborot qutqaradi!
Bosh sahifa  
11.09.2010 y.
Asosiy bo'limlar
Bosh sahifa
Siyosat
Tahlil va munosabat
To`rtinchi hokimiyat
Iqtisodiyot
Inson huquqlari
Kriminal
Hududlar
Iqtibos
Turfa hodisalar
Qidiruv
Yangiliklarga obuna bo'lish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Nuqtai nazar

"Hozirgi adabiyotdan ochig‘i ko‘nglim to‘lmaydi. Biz adabiyotni charchatdik. Ijodoklar turmush tashvishlaridan bo‘shamay qoldi. Chinakam professional shoir va yozuvchilar juda kam. Yozish borgan sari havaskorlarning ishiga aylanib ketyapti. Shaxsan o‘zim ko‘ngilga quvonch bag‘ishlaydigan o‘zbekcha kitob o‘qimaganimga ancha bo‘ldi. Yosh iste'dodlar bir-ikki mashqlarini e'lon qilgach, ko‘zdan g‘oyib bo‘lyapti. Ular turmush tashvishlariga o‘ralashib qolayotir".

Usmon Azim, O‘zbekiston xalq shoiri

 
Eng ko'p o'qilgan maqolalar
Yangiliklarni eksport qilish
Hukumatda yangi tayinlanuvlar Chop etish uchun E-mailga yuborish
03.03.2010 y.
 NewsUz.Com. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan hukumat tarkibida bo‘shab qolgan bir qator vazirlik va qo‘mitalar rahbarlari tayinlandi. Rasmiy agentlik tarqatgan xabarga ko‘ra, 2 mart kuni Avaz Marahimov Xalq ta'limi vaziri etib tayinlangan. Bunga qadar u Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2008 yilning aprelidan Xalq ta'limi vaziri lavozimida ishlab kelgan G'ayrat Shoumarov o‘tgan haftada ishdan bo‘shatilgandi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori bo‘lib ishlab kelgan Bahodir Xodiev 1 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri etib tayinlangan. Mazkur lavozim ham o‘tgan hafta vazir Azimjon Parpiev ishdan olinishi bilan bo‘shab qolgandi.

Shuningdek, Prezident farmoni bilan vakant bo‘lib turgan qo‘mita raisligi vazifalariga ham mansabdorlar tayinlandi. Shu tariqa, Jahongir Ismoilov Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Aziz Abduhakimov Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi.

 
Keyingi »
So'rovnoma
Sizningcha, o‘zbek jamiyatida eng farovon hayot kechirayotgan toifa qaysi?

Raqam

O‘zbekistonda ayni paytda 29 ta tijorat banki va uning 800 ta filiali, 2200 ta minibank, 124 ta kredit tashkiloti, 189 ta axborot-maslahat markazi, 269 ta konsalting markazi, 497 ta auditorlik firmasi, 149 ta baholash tashkiloti, tovar xomashyo birjasining 220 ta savdo maydoni, 1377 ta brokerlik idorasi ishlab turibdi.

O‘zbekiston monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi ma'lumoti

 
Sana va soat
So'nggi yangiliklar