| Hukumatda yangi tayinlanuvlar |
|
|
| 03.03.2010 y. | |
NewsUz.Com. O'zbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan hukumat tarkibida bo‘shab qolgan bir qator vazirlik va qo‘mitalar rahbarlari tayinlandi. Rasmiy agentlik tarqatgan xabarga ko‘ra, 2 mart kuni Avaz Marahimov Xalq ta'limi vaziri etib tayinlangan. Bunga qadar u Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlagan. 2008 yilning aprelidan Xalq ta'limi vaziri lavozimida ishlab kelgan G'ayrat Shoumarov o‘tgan haftada ishdan bo‘shatilgandi.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori bo‘lib ishlab kelgan Bahodir Xodiev 1 mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri etib tayinlangan. Mazkur lavozim ham o‘tgan hafta vazir Azimjon Parpiev ishdan olinishi bilan bo‘shab qolgandi. Shuningdek, Prezident farmoni bilan vakant bo‘lib turgan qo‘mita raisligi vazifalariga ham mansabdorlar tayinlandi. Shu tariqa, Jahongir Ismoilov Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Aziz Abduhakimov Davlat mulkini boshqarish qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi. |
| Keyingi » |
|---|